Breaking News

Amerikada 2016-yilgi byudjet qabul qilindi


Va'daboz Kongressda siyosiy birdamlik?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:27 0:00

Va'daboz Kongressda siyosiy birdamlik?

AQSh Kongressi 1,1 trillion dollarga teng yangi byudjetni ma'qulladi va Prezident Obama ta'tilga ketishidan oldin hujjatni darrov imzoladi.

2016-yil byudjeti Kongressning har ikki palatasida ortiqcha tortishuvlarsiz qabul qilingani Amerika uchun g'ayrioddiy holat. Respublikachilar va demokratlar odatda moliyaviy masalalarda kelisha olmaydi.

Xarajat ustida bahslar sabab oldingi yillarda hukumat bir necha bor ishdan to'xtagan. Konservatorlar uchun mudofaa va xavfsizlik birinchi o'rinda. Ular tejamkorlikni ma'qul ko'radi, lekin harbiy byudjetni oshirishga yo'q demaydi.

Obamaning Demokratik partiyasi boshqa federal dasturlarni, xususan ijimoiy himoya programmalarini ham muhim deb hisoblaydi. Kongressdagi murosasozlik muhitini ko'pchilik Vakillar palatasida yangi spiker Pol Rayan ishga kirishgani bilan izohlamoqda.

2016-yilgi byudjetda mudofaa uchun, shuningdek, kiber xurujlarga qarshi kurashga ko'proq pul ajratilgan. Neft eksportiga qo'yilgan cheklovlar olib tashlanadi. Fuqarolarga kelasi 10 yilda 690 milliard dollarga teng soliq imtiyozlari berish ko'zda tutilgan.

Terrorizm tahdidi bois AQShning viza dasturlariga o'zgartirishlar kiritish ham hujjatda tilga olinadi. Ammo Suriya va Iroqdan qochqinlarni qabul qilish dasturiga cheklov qo'yilmagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG