Janubiy Koreya prezidenti Pak Gin Xe kelasi hafta Vashingtonda prezident Obama mehmoni bo’ladi. Ikki tomonlama harbiy hamkorlik hamda Shimoliy Koreya yadro dasturi muhokamasini kutayotgan asosiy mavzular. AQSh rasmiylari nazarida Xitoy diplomatik faollik ko’rsatsagina, Koreya yarimorolidagi taranglikni yumshatish mumkin.
Shimoliy Koreya tahdidlari va provokatsiyasini jiddiy qabul qilgan janub armiyasini shay holatda ushlab turibdi.
Janubiy Koreya mudofaa vazirligi so’zlovchisi Kim Min Sukning aytishicha, shimol raketalarini jangovar pozitsiyalardan olmaguncha Seul uning harakatlarini yaqindan kuzatib turadi.
Pxenyanning AQSh va Janubiy Koreyaga qarshi qator do’q-po’pisalaridan so’ng bu ikki davlat harbiy hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldi.
AQSh Qurolli kuchlari bosh shtabi rahbari general Martin Dempsining aytishicha, shimol provokatsiyadan hali-beri qaytmasligi mumkin, shu sabab Janubiy Koreya va Amerika mudofaani mustahkamlashga bel bog’lagan.
AQSh davlat kotibi Jon Kerrining aytishicha, Xitoy barqarorlashtiruvchi omil bo’lishi lozim.
"Janubiy Koreya rahbari shimol bilan muloqot qilmoqchi. Albatta, hozirgi sharoitda buning imkoni yo’q. Shu sababdan Xitoy vositachilik qilsa va barcha tomonlar o’z manfaatlarini yangidan belgilasa", - deydi Kerri.
Ayrim tahlilchilar nazarida Pak Gin Xe saylov kampaniyasi davomida shimolni mas’uliyatli bo’lishga chaqirishni, unga bir tomonlama yordam bermaslikni va’da qilgan. Pxenyan tahdidlaridan so’ng esa u muloqot haqida so’z ochmoqda. Shimoliy Koreya aynan shuni hisobga olgan, deydi kuzatuvchilar.