Breaking News

AQSh Xitoy harbiylariga qarshi ayblov e'lon qildi


AQSh Xitoyning bir necha harbiysiga Amerika kompaniyalariga qarshi qitisodiy josuslik qilganlik aybini qo’yishi haqida ma’lum qildi.

19-may kuni Vashingtonda o’tgan matbuot yig’inida AQSh Adliya vaziri Erik Xolder shu haqda xabar berdi.

“Bugun biz Xitoy Xalq ozodlik armiyasining besh zobitiga Amerikaning olti kompaniyasi xavfsizligiga tahdid solgani uchun ayblov e’lon qilamiz. Bular kiberxuruj orqali AQSh savdo manfaatlariga putur yetkazgan davlat darajasidagi aralashuvga qarshi e’lon qilinayotgan birinchi ayblovlardir”, - dedi Xolder.

AQSh rasmiysiga ko’ra, besh Xitoy harbiysi xakerlik orqali “Westinghouse Electric”, “Alcoa”, “Allegheny Technologies Incorporated”, “United States Steel”, “SolarWorld” hamda “United Steel Workers Union” kompaniyalari kompyuterlariga buzib kirgan.

Xolderning aytishicha, ayblanuvchilar bu kompaniyalardan Xitoydagi raqobatchilari uchun muhim bo’lgan ma’lumotlarni o’g’irlagan.

Ushbu jinoyat ishi dunyoning ikki eng katta iqtisodiyoti bo’lgan AQSh va Xitoyni bir-biriga qarshi qo’ymoqda.

AQShning yillik yalpi ichki mahsuloti 16 trillion dollarni tashkil etadi. Xitoy esa 8 trillion dollarlik iqtisodiyot bilan dunyoning ikkinchi eng katta iqtisodiy kuchi hisoblanadi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG