Breaking News

Politsiyaga nisbatan ishonchsizlik, Kaliforniyadan reportaj


Politsiya va jamoatchilik - US Communiy Policing
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:29 0:00

Politsiya va jamoatchilik - US Communiy Policing

Missuri shtatida qurollanmagan qora tanli o’smir politsiya tomonidan otib o’ldirilgani qonli namoyishlarga turtki berdi. Ayrim mahallalarda aholi va huquq-tartibot organlari o’rtasida munosabatlar tarang.

“Amerika Ovozi” Kaliforniyaning turli millatlar yashovchi bir rayonida bo’lib, vaziyat bilan tanishdi.

Shtatning Long-Bich shahrida jinoyat, kambag’allik keng tarqalgan. Aholi orasida va politsiya bilan irqiy mojarolar bo’lib turadi.

22 yoshli Jeykob Sarenana yillar davomida bunday voqealarga ko’p guvoh bo’lgan.

“Doimo qandaydir bahona bilan to’xtatishadi meni. Sababini so’rasam, javob tayyor: biz qidirayotgan odamga o’xshaysan deyishadi. Mashinamni yo’lda to’xtatishgani to’xtatishgan”, - deydi u.

Mahalla faollaridan biri Derik Simpson totuvlikni targ’ib qilib, yoshlar va huquq-tartibot xodimlari orasida uchrashuvlar tashkillashtiradi.

Uning aytishicha, aholining 30 foizini 17 yoshga to’lmanganlar tashkil etadigan shaharda yo’qsillik, irqiy tavofutlar janjal keltirib chiqaradi.

“Farqli qarashlardan tushunmovchilik kelib chiqadi. Hammaning madaniyati, tarixi o’zgacha. Ishxonada, maktabda, ijtimoiy hayotda bu darrov bilinadi”.

Lekin faol so’zlariga ko’ra, so’nggi yillarda Long-Bichda ijobiy o’zgarishlar ko’zga tashlanmoqda. O’tgan yili shaharda ro’y bergan jinoyatlar soni eng past nuqtaga yetdi. Joriy yilda raqamlar hozircha undan-da past.

Yoshlar uyushmasidan Don Rodrigez deydiki, huquq-tartibot organlari bugun mahalla-ko’y bilan har qachongidan yaqin.

“Tartibni saqlashda yordamlashuvchi ko’ngillilar ko’paygan. Politsiya bilan yaqindan hamkorlik qilishadi”, - deydi u.

Long-Bich politsiya boshlig’i Jim Makdonelga ko’ra, ofitserlar ilgari muammolarni o’zlari aniqlab, tuzatishga harakat qilishardi. Hozir yondashuv o’zgargan. Ko’ngilli xizmatchilar, posbonlar bor. Guzarlarda chuqur ildiz otgan nuqsonlarni fuqarolar va politsiya birga muhokama qiladi.

“Guruh tuzamiz, sherik bo’lib birga yechim qidiramiz. Muammolarni birgalikda hal qilish osonroq. So’nggi oylarda Amerikaning ayrim shaharlarida omma g’azabga to’lib namoyishlar qildi, politsiyani irqchilikda ayblashdi. Bular mana shunday hamkorlik yo’lga qo’yilmaganidan”, - deydi Makdonel.

Shunda ham, deydi Makdonel, mojarolar 100 foiz bartaraf etilishiga kafolat yo’q.

“Albatta, vaziyat izdan chiqib ketadigan, odamlarni junbishga keltiradigan hodisalar bo’lib turadi. Eng muhimi – ularga qanday javob berish”.

Suhbatdosh so’zlariga ko’ra, politsiya haqidagi negativ tasavvurlarni o’zgartirish uchun avvalo yoshlar bilan yaqinroq ishlash zarur.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG