Breaking News

AQShda irqlararo nikohlarga munosabat o'zgargan


Nyu-Yorkning yangi saylaynag meri Bill de Blazio rafiqasi va farzandlari bilan.
Nyu-Yorkning yangi saylaynag meri Bill de Blazio rafiqasi va farzandlari bilan.
1959-yilda amerikaliklarning bor-yo’g’i to’rt foizi irqlararo nikohlarga ijobiy qaragan. Bugunda bu raqam 87 foizga teng. AQShni metis prezident boshqarmoqda. Nyu-York shahrining yangi saylangan meri Bill de Blazioning rafiqasi qora tanli. Shaharda boshqa-boshqa irq, elat va dinga mansub odamlar orasida nikohlar ham ko’p.

Amerikada irqlararo nikohlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:46 0:00
Yuklab oling
Mildred Loving 1958-yilda hibsga olingani haqida hikoya qilmoqda. U sevgilisi Richard bilan Virjiniya shtatining aralash nikohlarni man etuvchi qonunini buzgan. Ular taqiqqa qarshi chiqqach, 1967-yilda mamlakat Oliy sudi qonunni bekor qiladi. O’shandan buyon AQShda yangi turmush qurayotganlar orasida boshqa-boshqa irqqa mansub odamlar nikohlari ham ko’payib boryapti va bugunda 15 foizni tashkil qiladi.

“Jamiyatda munosabat o’zgardi. To’g’ri, ba’zida bizga haliyam g’alati qarashadi”.

Jerri Bukenan va Tom Rojers turmush qurganiga besh yil bo’ldi. Ikkovi uchun ham bu ikkinchi nikoh. Birinchisidan farzandlari bor: Tomning maktab yoshidagi qizlari va Jerrining katta o’g’li.

Nyu-Yorkda irqlararo nikohlar ko’p. Yangi mer Bill de Blazioning rafiqasi qora tanli. Ularning ikki farzandi bor. Noyabr oyidagi saylovda de Blazioning g’alaba qozonganiga qisman uning baynalmilal oilasi sabab bo’ldi, deydi siyosiy tahlilchilar.

Ken Tanabe turli irqlarga mansub odamlarning turmush qurishini qo’llab-quvvatlaydi. De Blazioning mer etib saylanishi Nyu-Yorkdagi tub o’zgarishlardan darak beradi, deydi:

“Shahrimiz doim rang-barang bo’lgan. Lekin so’nggi yillarda boshqa-boshqa irq va elatga mansub ko’plab odamlar oila qurdi. De Blazioning mer etib saylanishidan keyin bunday oilalar yanada ko’payadi, ularga munosabat esa ijobiy tarafga o’zgaradi, deb o’ylayman”.

Yozuvchi Aja Mone deydiki, de Blazio rafiqasining qora tanli ekani afro-amerikalik ayollarning o’rnini mustahkamlashi mumkin:

“Ko’rinishi yoki kelib chiqishi asl yevropalik bo’lmaganlarga qiyin. Qarang, hatto Mishel Obamaning tanasi, ko’rinishini tanqid qilishgan. Tanqidchilarning aksariyati – oq tanli erkaklar. De Blazio esa oq tanli, lekin qora tanli rafiqasini go’zalligi uchun sevgan, odamlar oldida unga o’z muhabbatini namoyish qilishdan uyalmaydi”.

Tom Rojers va Jerri Bukenan de Blazio tarafdori.

“Boshqalar bilan aralashmagan odamlarni ko’rish menga yoqmaydi. De Blazioni ko’rsam xursand bo’laman, u bizga o’xshaydi,” - deydi Rojers.

Bill de Blazio 1-yanvarda ishga tushadi. U yangi Amerika timsoli, deydi kuzatuvchilar. Axir, mamlakat yoshlarining anchasi ikki yoki undan ham ko’proq irq farzandi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG