Breaking News

Kongress byudjetni ma'qullashi uchun vaqt kam qolayapti


​9-dekabrgacha vaqtincha moliya tasdiqlansa, saylovdan keyin yana majlisga yig'ilamiz va kelasi yilgi byudjetni muhokama qilamiz, deydi respublikachi Mitch Makkonnell.
​9-dekabrgacha vaqtincha moliya tasdiqlansa, saylovdan keyin yana majlisga yig'ilamiz va kelasi yilgi byudjetni muhokama qilamiz, deydi respublikachi Mitch Makkonnell.

Amerikada Kongress byudjet ustida bir to'xtamga kelishi uchun vaqt kam qolayapti. Hukumat ishini davom ettirishi uchun demokrat va respublikachi qonunchilar juma yarim tunga qadar hujjatni ma'qullashi kerak.

Yangi moliya yili 1-oktabrda boshlanadi. Maqsad yo byudjetni butkul tasdiqlash, yo vaqtincha, 9-dekabrgacha xarajatlarni qoplash uchun moliya ajratish.

​9-dekabrgacha vaqtincha moliya tasdiqlansa, saylovdan keyin yana majlisga yig'ilamiz va kelasi yilgi byudjetni muhokama qilamiz, deydi respublikachi Mitch Makkonnell.

Noyabrda qayta saylanishga harakat qilayotgan qonunchilar Kongress ishini tezda tamomlab, byudjetni tezda ma'qullab, yana saylovoldi kampaniyaga qaytishdan manfaatdor. Hozir Kongressda har ikki palatada respublikachilar hukmron va ular saylovda o'z o'rinlarini saqlab olishga harakat qiladi.

Demokrat qonunchilar esa byudjetdan tashqari hali qilinadigan ish ko'p, deydi.

"Respublikachilar xalqqa xizmat qilish o'rniga, bor vaqtini saylovga sarflasa", - deydi demokrat senator Chak Shumer.

Hukumat ishini davom ettirishi uchun vaqtincha moliya tasdiqlansa, bunday qisqa muddatli choralar uzoq yilni ko'zlab ishlaydigan Pentagon va boshqa federal idoralar uchun yaxshi emas.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG