Breaking News

Amerikada bolalarning moliyaviy savodini chiqarayotgan tashkilot


Pulni yerdan supurib olayotganimiz yo’q, deydi ota-ona ba’zida farzandiga. Ayniqsa, ul-bul olib berishga qurbi yetmasa.

Amerikada bir tashkilot yarim asrdan oshibdiki, yoshlarga moliyadan saboq beradi. Pul qayerdan keladi, uni qanday sarflash kerak, xullas iqtisod qilishni o’rgatadi. Bolalarda pul ishlab topib, uni yo sarflash, yo tejash imkoni bor.

“Junior Achievement”, “Yoshlar iqtidori” nomli nodavlat tashkiloti o’rta sinf bolalariga hayotiy ko’nikmadan dars berayapti.

Bolalar do’konda oldi-sotdini o’rganmoqda.

Har bir o’quvchi kuni bo’yi o’zini kattalarday tutishi kerak. Moliyaviy mas’uliyat har birining bo’ynida.

“Masalan, boladan uch farzandi bor 42 yoshli otaday xatti-harakat qilishni so’raymiz. Shunga qarab pul qilishi, oilaviy xarajatlarni o’zi hisob-kitob qilishi kerak”, - deydi tashkilot xodimi Ed Grenyer.

“Ikki farzanli onaman. 34 yoshdaman ekan”, - deydi 8-sinf bolasi Paola Ventura.

Bolalar planshetlar yordamida oilaviy byudjetni tuzishni o’rganayapti. Jarayon hamma uchun qiziq.

“Sog’liqni saqlash, sug’urta kabilar uchun juda ko’p xarajat qilar ekanmiz. Bunaqa qiyin ekanini kim bilibdi? Onam sug’urta uchun to’layotganida e’tibor bermas ekanman. Bir dunyo pul”, - deydi Paola Ventura.

O’quvchilar 14 soatlik moliya darslarini tamomlashi ketak. Buni uddalagan qiz-yigitlar o’zini ulg’ayganday sezadi. Byudjet, bank, kredit, soliqlar kabi mavzularni o’rganadi.

“Amerikada to’rt yarim million o’quvchi bor. Dunyo bo’ylab esa qairyb 10 million o’quvchiga moliyaviy dars beramiz”, - deydi Grenyer

Dastur “Capital One” banki bilan hamkorlikda yuritiladi.

“Odam o’qish, yozishni bilgani kabi moliyadan ham savodi bo’lishi muhim deb o’ylaymiz. Arifmetika bola maktabdanoq bilishi kerak bo’lgan fan. Hayotda juda lozim ko’nikma”, - deydi “Capital One” xodimi Rayan Smart.

Bank xodimlari bolalarga dars o’tadi.

“Hisoblarni vaqtida to’lash oson emas ekan”, - deydi 8-sinf bolasi Muhammad Abbos.

Muhammad yozda ishlamoqchi. Shundan oldin hisob-kitobni o’rganib olgani yaxshi bo’ldi.

“Pulni sovurmayman endi. Yangi narsa chiqibdi ekan deb darrov sotib olmaslik kerak ekan”, - deydi u.

Odam ishlab topganidan kamroq xarj qilishni bilishi kerak. Dastur tashkilotchilari bolalar shuni mahkam eslab qoladi degan umidda.

Amerika hayotidan: Yoshlar va iqtisod
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:38 0:00

Amerika hayoti - Yangicha iqtisod - Sharing economy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:08 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG