Breaking News

Kongress yangicha ishlashni va'da qilmoqda, organga ishonch juda past


Yangi Kongress, eski muammolar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:15 0:00

Yangi Kongress, eski muammolar

AQSh Senatida ko’pchilik sardori lavozimiga saylangan respublikachi Mitch Makkonell palata faoliyatini bir maromga tushirishga, Vashingtonda siyosiy o’yinlarga chek qo’yishga va’da berdi. Endilikda ozchilikka aylangan demokratlar ham murosa yo'lidan borishini aytmoqda.

Amerikaliklarning atigi 15 foizi bu organ ishidan rozi va unga ishonch bilan qaraydi.

Yangi Kongress ishini doim mana shunday va’dalar va kayfiyatda boshlaydi, ammo vaqt o’tgach siyosiy munozaralarga berilib ketadi.

Yillar davomida Senatga tushgan ko’plab qonun loyihalari ma’qullanmay qolib ketardi. Qurol tashishga doir qonunlar islohoti, yo’qsillarga yordam dasturlari, boshqa hujjatlar. Senat qoidalariga ko’ra, ozchilikdagi partiya aksariyat qonun loyihalarini o’tkazmaslik vakolatiga ega.

Respublikachilar ozchilik bo’lgan paytda demokratlarning tashabbuslari ularning qarshiligiga uchrab, o’sha paytdagi ko’pchilik sardori Garri Ridning hafsalasini pir qilardi.

“So’nggi besh yilda respublikachilarning Senatdagi to’g’anoqligi odatiy holga aylandi, bu esa bu idora ishining turib qolishiga sabab bo’lmoqda”, - degan edi demokrat yetakchi. ​

Senator Makkonell bundan afsuslanmaydi.

“Agar demokratlar joriy yilda biror ishning uddasidan chiqishni istasa, biz bilan ishlashni o’rganishsin”, - dedi u.​

Endi respublikachilar ko’pchilik, rollar almashgan. Maqsadimiz axir birku, deydi Makkonell.

“Biz sevgan Senat ishini tiklaylik. Imkon bo’lganda murosa qilaylik. Siyosatchilar xalqqa xizmat qilishi kerak”, - deydi u.​

Makkonell erkin munozaraga ko’proq imkoniyat berishni, har ikki partiyadan senatorlarga qonun loyihalariga tuzatishlar kiritishga ruxsat berishni va’da qilmoqda. Demokratlar esa respublikachilar olg’a surgan hujjatlarga g’ov bo’lmaslikka harakat qilishini aytmoqda.​

“Demokratlar respublikachilarga bu borada o'rnak bo'ladi”, - deydi senator Richard Durbin.​

Ammo amalda Senat yana eski holatiga qaytadi, deydi tahlilchi Jon Xudak.

Uning aytishicha, oliyjanob maqsadlarning o’rnini tez orada yana siyosiy o’yinlar egallab, raqib tomonlar bir-birining ishiga yana pand berishi aniq.

“Demokratlar ham bu ish bilan oldin shug’ullangan. Respublikachilar ham. Va’dalarga qaramay, oddiy ish maromiga qaytamiz deyishlariga qaramay, 114-Kongress ham 113-Kongress kabi ishlashiga guvoh bo’lamiz”, - deydi Xudak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG