Breaking News

Siyosatdonlar: Terrorizmga qarshi urushning oxiri yo'q


"Islomiy davlat" hamlasidan qochgan iroqlik bolalar
"Islomiy davlat" hamlasidan qochgan iroqlik bolalar

Qo'shma Shtatlar terrorga qarshi urush boshlaganidan 16 yil o'tib, siyosatdonlar Vashingtonda achchiq savollarni o'rtaga tashlamoqda: Qay tomon ketayapmiz? Yutayapmizmi yoki yutqazayapmizmi? Bu harbiy urushmi yoki mafkuraviy?

Terrorga qarshi kurash to'xtamaydi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:10 0:00

Kongress a'zosi, Vakillar Palatasida Ichki xavfsizlik qo'mitasi raisi, respublikachi Maykl Makkol:

"Jihodchilarni o'ldirayapmiz, tinimsiz, va bu albatta yutuq, chunki ular bizni o'ldira olmaydi. Terrorchilarga qonli xurujlar qilishiga yo'l bermayapmiz. Rejalari amalga oshishining oldini olayapmiz".

Biroq, deya tan oladi kongressmen, terrorizm davom etmoqda.

“Dronlarimiz, qurollarimiz bilan yuta olmaymiz bu urushni. Mafkuraviy kurash davom etaveradi".

AQSh Kongressi joylashgan Kapitoliy binosi, Vashington
AQSh Kongressi joylashgan Kapitoliy binosi, Vashington

Al-Qoida va "Islomiy davlat" singari yirik terror tizimlariga qarshi choralar ko'rilaveradi, deydi Oq uy rasmiylari, lekin harbiy amaliyotlarning o'zi yetmaydi. Mafkuraviy choralar esa ko'zlangan natijaga yetaklamayapti.

Prezident Donald Trampning ichki xavfsizlik bo'yicha maslahatchisi Tom Bossert deydiki, ayni damda hech bir kuch AQSh xavfsizligiga tahdid solmayapti, biror xuruj rejalangani haqida ma'lumot yo'q.

Lekin, deya qo'shadi u, ekstremizmga qarshi targ'ibot 17-18 davlatda ish bermagan. Bu o'lkalardan ko'plab yoshlar al-Qoida va "Islomiy davlat" safida.

Iroq va Suriyada "Islomiy davlat" qattiq zarba yedi. Bu bilan endi unga qo'shilayotganlar kamayib ketadi, deya kutilgan edi. Unchalik kamaymadi, deya ogohlantirmoqda razvedka agentliklari.

Oldingichalik ko'lamda yangi odamlar yollanmayapti biroq to'da hamon minglab jangarilarga ega.

"Islomiy davlat" hozirda eng kuchli terror tizimi, deydi ekspertlar
"Islomiy davlat" hozirda eng kuchli terror tizimi, deydi ekspertlar

Milliy razvedka rahbari Den Koats:

“Islomiy davlat" - eng yirik terror tizimi. Uni qanchalik nishonga olmaylik, faoliyatini davom ettirmoqda".

Davlat departamentiga ko'ra esa mafkuraviy kurash uchun ko'proq vaqt, mablag' va eng muhimi iroda kerak.

Vashington xalqaro koalitsiyani kuchaytirish uchun harakat qilmoqda, Oq uy yangi takliflar bilan chiqmoqchi.

Obama ma'muriyatida bu masala bilan shug'ullangan Joshua Geltzer nazarida Prezident Tramp terrorizmga qarshi kurashda orqaga qadam tashlay boshlagan.

"Tramp mablag'ni qirqmoqchi, ayrim dasturlarimizni yo'q qilmoqchi", - deydi Geltzer.

Iroq osmonida yurgan AQSh qiruvchi samolyotlari
Iroq osmonida yurgan AQSh qiruvchi samolyotlari

AQSh Kontrterrorizm markazi rahbari Nikolas Rasmussen:

"Kurashda orqaga qaytmaymiz. Ko'proq mablag', vaqt va sabr-toqat kerak".

Yaqinda chiqqan tahlilnomada qayd etilishicha, radikalizm va ekstremizmga qarshi kurash natijasini sarhisob qilishda barqarorlik darajasiga urg'u berish lozim.

Ko'plab arab davlatlarida hukmron tuzumlar mutaassib guruhlardan o'z siyosiy manfaatlari yo'lida foydalanadi va ularni tashqi dunyo, xususan, AQSh hech qachon yo'q qila olmaydi, deydi sharqshunos ekspertlar.

Kongress a'zolari uchun eng muhimi - AQSh davlat xavfsizligi. Biroq bu xavfsizligi ittifoqchilar tinchligi va global barqarorlikka bog'liq.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG