Breaking News

G'arb o'zini saqlab qoladi, deydi Tramp


Yevropadagi ilk yirik nutqida Amerika rahbari Donald Tramp G'arbga xos qadriyatlarni asrab qolishga so'z berdi. Ular tahdid ostida va nishonda, deydi Tramp.

“G'arb o'z madaniyati va hayot tarzini saqlay oladimi? Mana shu tub masala. Ularni har qanday sharoitda himoya qila olamizmi? Chegaralarni muhofaza qilish uchun xalqimizni yetarlicha hurmat qilamizmi? Fuqarolarimizni e'zozlaymizmi?"

“Yangi fuqarolarni olqishlaymiz, agar ular bizning qadriyatlarni quvvatlasa va qadrlasa. Terrorizm va ekstremizmga qarshi turamiz", - dedi u Polshada besh ming odam oldida so'zlar ekan.

Ko'plab polyaklar Trampning bu fikrlarini ma'qullaydi. Ular nazarida musulmonlarning kelishini cheklash kerak. Yevropaga kamroq muhojir kelsin, deydi ular.

Amerika rahbari fikricha musulmon davlatlar terrorizmga qarshi yetarlicha chora ko'rmayapti.

“Dushmanni tag-tugi bilan yo'q qilamiz. Uni moliya manbalaridan, tizimlaridan va mafkuraviy asosidan ayiramiz", - deydi Tramp.

VIDEO: Tramp Polsha xalqini sodiq do'st va ishonchli hamkor deb atadi. Omma tinimsiz "AQSh" va "Donald Tramp" deya hayqirdi.

President Trump's Remarks to the People of Poland
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:40:31 0:00

Tramp tashrifi paytida Varshavada unga va uning siyosatiga qarshi namoyishlar ham kuzatildi.

Prezident deydiki, Polsha xalqi natsizm va fashizmga qarshi kurashda muhim rol o'ynagan va mardona kurashgan.

“Vatanparvar, erksevar va zahmatkash xalqsiz", - dedi u polyaklarga qarab.

Polsha NATO a'zosi sifatida o'z harbiy va moliyaviy majburiyatlarini ado etib kelayotgani tahsinga sazovor, deydi Tramp.

NATOning bir a'zosiga qilingan hujum butun blokka nisbatan xurujdir, deya eslatdi u bu alyansning asosiy shartini.

Poland Set to Host Trump’s First Major Public Speech in Europe
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:49 0:00

AQSh va Polsha rahbarlari, Donald Tramp va Andrey Duda, 6-iyul, 2017
AQSh va Polsha rahbarlari, Donald Tramp va Andrey Duda, 6-iyul, 2017

Polsha rahbari Andrey Duda bilan matbuot anjumani o'tkazar ekan, Tramp Rossiya haqidagi savollarga ham javob berdi. Ertaga u Gamburgda Katta Yigirmalik sammitida Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan uchrashadi.

Kreml AQShdagi prezident saylovlariga aralashgan degan da'voda jon bo'lishi mumkin, lekin haqiqatni hech kim bilmaydi, deydi Tramp. Hozirda Vashingtonda bu borada katta tergov avjida.

Prezident Shimoliy Koreyaga ham to'xtalib, uning qurollanishi jiddiy muammo va Oq uy tegishli chora ko'radi, dedi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG