Breaking News

Yevropa rasmiylari Trampni ogohlantirdi


Yevropa bo'ylab populist, millatchi partiyalar faollashgan. Biroq aytish kerak, saylovlarda ular yengilmoqda. 
Yevropa bo'ylab populist, millatchi partiyalar faollashgan. Biroq aytish kerak, saylovlarda ular yengilmoqda. 

Yevropa Komissiyasi Prezidenti Jan Klod Yunker Britaniyaning ittifoqdan chiqishini olqishlayotganlarni, boshqa davlatlarni shu yo'lga boshlayotganlarni tanqid qilmoqda.

Yunker Amerika Prezidenti Donald Trampni alohida tilga oldi. Britaniya shu hafta Yevropa safini tark etish jarayonini boshladi.

Yevropaning eng qudratli partiyasi - Yevropa Xalq partiyasi rahbarlari Maltada ko'rishib, ittifoqni parchalanish tomon yetaklayotgan omillarni muhokama qildi. Yevropa Komissiyasi Prezidenti Jan Klod Yunker boshqa davlatlardan turib buni yoqlayotgan arboblardan norozi:

"Yangi saylangan prezident Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishini olqishladi va boshqa mamlakatlarni ham shunga undadi", - deydi Yunker. "Bu hol davom etsa, biz ham Ogayo va Texas kabi shtatlarni AQShdan mustaqil bo'lishni targ'ib qilishimiz mumkin", - deydi Yevropa rasmiysi.

Shu tariqa Yevropa bo'ylab populist, millatchi partiyalar faollashgan. Biroq aytish kerak, saylovlarda ular yengilmoqda.

Yevropa Kengashi Prezidenti, polshalik Donald Tusk esa ittifoq birdamligi saqlanib qolishiga ishonchi komil.

"Breksit bizni, 27 davlatni yanada birlashtirdi, har qachongidan mushtarak bir ittifoqmiz", - deydi u.

Polsha Yevropa yaxlitligining ashaddiy tarafdorlaridan. Ayniqsa Ukraina Qrimni boy berganidan beri, Polsha Rossiyaning bosqinidan hayiqib keladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG