Breaking News

Tramp va Merkel uchrashuvi ijobiy ruhda yakunlandi


Oq uy, 17-mart, 2017
Oq uy, 17-mart, 2017

Amerika va Germaniya rahbarlari hafta oxirida Vashingtonda muloqot qildi. Donald Tramp va Angela Merkel bir-biri bilan tanishdi. Ilk bor ko'rishgan liderlar orasidagi muomala boshida noqulay ko'rindi. Kameralar oldida ular darrov qo'l berishmadi. Biroq muzokaralar ketidan kechgan matbuot anjumanidan keyin ular iliq xayrlashdi.

Tramp va Merkel, G'arbdagi eng qudratli ikki rahbar, ikki soat mobaynida strategik sheriklik, NATO doirasidagi hamkorlik, shuningdek, global mavzular yuzasidan fikr almashdi.

Tomonlar bir-biriga hali ishonch bilan qaramasligi sezildi, deydi Charlz Kupchan, Tashqi aloqalar kengashi eksperti. Siyosiy qarashlar va uslub boshqacha ekani yaqqol ko'zga tashlandi.

VIDEO: Oq uyda prezident ofisida, muzokaralar oldidan... Tramp jurnalistlar qanchalik undasa ham, Merkel xonim moyillik bildirsa ham Germaniyadan kelgan mehmonga darrov qo'l bermadi.

Trump, Merkel Meet in Oval Office
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:00:13 0:00

Tramp nazarida Germaniya notinch yurtlardan kelayotgan muhojir va qochqinlarga eshikni keng ochib, xato qilmoqda. Terroristlar kirib kelishi uchun imkoniyat bu, deydi u.

Merkel esa Trampning immigratsion siyosatini demokratik qadriyatlarga zid deb biladi.

"Migratsiya, immigratsiya, integratsiya - bular nozik jarayonlar, ularni oydinlashtirish lozim. Sizdan madad so'rab kelayotganlarga yangi hayot uchun imkon berish kerak. Albatta, ularni tekshiramiz, elakdan o'tkazamiz, lekin yoppasiga yo'q demaymiz", - deya qayd etadi Merkel.

Tramp fikricha NATO samarasiz tashkilot, AQShga qaram va boshqa a'zolar o'zini mas'uliyatdan olib qochadi. Yevropadagi ittifoqchilar tekintomoqlar, xavfsizligini Amerika ta'minlashiga o'rganib qolgan, deya tanqid qiladi u. Merkel bilan muloqotida ham shu gaplarni takrorlagan.

VIDEO: NATO a'zolari bu blok faoliyati uchun yetarlicha mablag' ajratishi kerak, AQShga tayanmasin, dedi Tramp Germaniya rahbari bilan matbuot anjumani chog'ida.

Trump: NATO Members 'Must Pay Fair Share'
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:01 0:00

​AQSh prezidenti deydiki, Vashington NATOdagi vazifalarini unutmaydi va chetga surmaydi. Biroq, deya eslatadi u, hamma o'z burchini bajarishi shart.

Tramp shu paytgacha NATO haqida bu qadar so'zlamagan edi. Yevropa davlatlari undan kelajak haqida eshitib, xursand. Hamkorlik davom etishi juda muhim, deydi Jeffri Ratke, aloqalarni tahlil qilib kelayotgan ekspert.

Amerika rahbari Atlantika okeanining narigi tomonidan davlatlar bilan savdo va tijorat, harbiy va xavfsizlik sohalarida yaqindan ishlashga shay ekanini aytdi.

Vashington adolatli sheriklik tarafdori, deydi u, bu degani butun mas'uliyat Amerika yelkasida bo'lmasligi lozim. Sheriklar ham yukni ko'tarsin.

AQSh Tijorat vaziri Uilber Ross, prezident qizi Ivanka Tramp va kuyovi Jared Kushner, Oq uy, 17-mart, 2017
AQSh Tijorat vaziri Uilber Ross, prezident qizi Ivanka Tramp va kuyovi Jared Kushner, Oq uy, 17-mart, 2017

VIDEO: Prezident Tramp, Kansler Merkel NATO kelajagi yuzasidan ijobiy fikrda va hamkorlik davom etadi

President Trump, German Chancellor Merkel Discuss Trade, NATO
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:32 0:00

Germaniya kansleri ham o'zaro manfaatlar deganda teng mas'uliyat va mehnat nazarda tutilishini aytdi. Berlin bilan hamkorlik Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlari uchun foyda ekanini eslatdi. Germaniya o'zini 28 mamlakat a'zo blokning tayanchi deb biladi.

"Hamkorlik deganda har ikki tomonga birdek foyda keltiradigan ishlarni tushunamiz", - dedi Merkel. "Yevropa Ittifoqi va AQSh azaldan shunday yondashuvga ega sheriklardir".

Merkel deydiki, uning davlatining taraqqiyot bir tomondan xalqning qattiq mehnati mahsuli, ikkinchi tomondan esa Yevropa Ittifoqi a'zosi ekani. Integratsiya dunyoning bu qismini rivojlantirdi, elat va jamiyatlarni bir-biriga yaqindan bog'ladi, ular kelajakni birga ko'ra oldi va ko'radi, dedi Merkel.

Germaniya rahbari Tramp va uning ma'muriyati ham istiqbolga shunday optimistik ruhda qaraydi degan umidda.

VIDEO: Merkel va Tramp savdo va tijorat yuzasidan o'z fikrlarini bildirdi. (ingliz tilida)

Merkel: 'Hope We Can Resume' US-EU Trade Agreement Talks
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:12 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG