Breaking News

Mattis Rossiya bilan harbiy hamkorlik ehtimolini rad etdi


General Mattis Bryusselda NATO qarorgohida so'zlayapti.
General Mattis Bryusselda NATO qarorgohida so'zlayapti.

AQSh Mudofaa vaziri Jim Mattis ayni damda Rossiya bilan harbiy hamkorlik ehtimolini rad etmoqda. Hozir sharoit bunga mos emas, deydi u.

Mattisning aytishicha, Rossiya agressiyasi bilan xalqaro qonunlarni buzmoqda, vaziyatni izdan chiqarmoqda. NATO vazirlarining Bryusseldagi majlisida general shu haqda gapirdi.

Rossiya o'z xatti-harakati bilan alyansga xavf solayapti, deydi u.

Kelgusida ham Rossiya bilan siyosiy hamkorlik qilsa bo'ladi, harbiy emas, deydi Mattis.

"Rossiya xalqaro qonunlarga amal qilishi kerak. Biz Moskva bilan siyosiy sahnada hamkorlik qilamiz. Ayni damda harbiy sohada ittifoqchilik haqida gap bo'lishi mumkin emas. NATO bilan hamkorlikka kirishishdan oldin Rossiya mavjud qonunlarga sodiq ekanini isbotlashi kerak", - deydi u.

Bir kun oldin Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Moskva Pentagon bilan hamkorlikni tiklashga tayyor ekanini aytgan edi.

Prezident Tramp ikki davlat o'rtasida aloqalarni tiklashdan manfaatdor ekanini ta'kidlab keladi. 2014-yilda Rossiya Qrimni Ukrainadan tortib olganidan keyin Amerika Moskva bilan harbiy ittifoqchilikni to'xtatgan.

Bu orada, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, uning davlati boshqa mamlakatlar bilan mojarolarga aralashmaydi. Lavrov Germaniyada Amerika Davlat kotibi Reks Tillerson bilan uchrashuv oldidan so'zladi.

Lavrov va Tillerson Bonnda Katta Yigirmalik tashqi ishlar vazirlari anjumanida qatnashmoqda.

"Har ikki davlat uchun muhim mavzularni muhokama qildik", - deydi Tillerson. "Amerika Rossiya bilan ishlashda davom etadi. Biroq fikrimiz bir joydan chiqmagan masalalarda Amerika, avvalo, o'z xalqi manfaatlaridan kelib chiqib ish ko'radi. Rossiyadan Minsk bitimiga amal qilishni kutib qolamiz, toki Ukrainadagi ixtilof barham topsin", - deydi Tillerson.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG