Tramp ma’muriyati Kubaning 15 diplomatini mamlakatdan chiqarib yuborishga qaror qildi. Bunga Kubadagi AQSh elchixonasida kuzatilgan sirli hujumlar natijasida 22 Amerika diplomati va ularning oila a’zolari kasal bo’lib qolishi ortidan qaror qilingan.
Kuba Tashqi ishlar vaziri Bruno Rodrigez AQSh qarorini asossiz deya qoraladi. U Vashingtonni sirli hujumlar haqidagi da’volarni tekshirishda hamkorlik qilishni istamaganlikda ham aybladi.
Vashington AQSh elchixonasidagi xodimlari sonini qisqartirish barobarida amerikaliklarni kommunist davlatga bormaslik haqida ogohlantirdi. Kuba Gavanadagi AQSh elchixonasiga noma’lum hujum oqibatida vakolatxona xodimlari miyasiga zarar yetgani, ayrimlarda eshitish qobiliyati yo'qolgani haqidagi iddaolarni inkor etdi.
Mayami universitetining Kuba bo’yicha mutaxassisi Jeym Suchlikining aytishicha, bunday hujumni kim amalga oshirgan bo’lsa ham, bu narsa Kuba hukumatining xabari bo’lmasdan yuz berishi mumkin emas. Uning qo’shimcha qilishicha, Kubaning tashqi siyosati o’zgargani yo’q; u hanuz Amerikaga qarshi va Rossiya, Venesuela, Eron, Shimoliy Koreya kabi davlatlar bilan juda yaqin.
Facebook Forum