Breaking News

Yoshlarga yangi kasb o'rgatayotgan ta'lim dargohi


DJ - ommabop kasb/DJ school
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:10 0:00

DJ - ommabop kasb/DJ school

Tungi klublaru barlarda doimo musiqa sadolari. Kuy yaxshi bo’lsa, dam olish ham maroqli kechadi. Musiqa uchun mas’ul odam - dijey. So’nggi yillarda bu kasbning ayrim vakillari butun dunyoda shuhrat qozondi. Bu esa ko’pgina yoshlar sohaga kirishi uchun turtki bo’ldi. Poytaxt Vashingtonda dijeylarni tayyorlaydigan bir o’quv yurti bor.

Shon Jonson bu o’quv yurtidagi dijeylik kursini yakunlash arafasida. Poytaxt Vashington yaqinida joylashgan maskandagi kechki darslarga ikki yildan beri qatnaydi. Kunduzi audio-injener bo’lib ishlaydi.

“Ishxonaga kunora boraman. To’laqonli dijey bo’lib non topishga, faqat shu bilan kun ko’rishga intilayapman. Orzumga yetaman,” - deydi u.

12 yoshli Itan Faynberg ham bir yarim yildan beri kurslarga qatnaydi.

“Kattaroq bo’lganimda dijey bo’lmoqchiman. Musiqa jonu dilim. Zo’r-da”.

“Talabalarimiz yoshi 10 dan 50 gacha. Erkak va ayollar, har xil millat va elat vakillari. Ayrim studentlarimiz hatto ingliz tilini bilmaydi. Lekin bizni musiqa birlashtiradi”, - deydi dargoh rahbari Kris Stayls.

U tajribali dijey. Maktabni 2010-yilda ochdi. Vashington tevaragida boshqa bunaqasini topolmaysiz.

“Mazkur ta’lim dargohini ochishga qaror qilganimiz sababi shundaki, bugun ko’p joylarda – to’yxona bo’ladimi, bar, tungi klub yoki kiyim do’konlari, hamma yoqda dijeylar ishlaydi. Bu kasb juda mashhur bo’lib ketdi”.

Kimdir professional bo’laman deydi, kimdir ko’ngil uchun kelib-ketadi. Ikki yil o’qigach, talabalar qo’liga guvohnoma tegadi. Hayotini dijeylikka bag’ishlamoqchi bo’lganlarga ish topishda yordam beriladi.

“So’nggi ikki yarim yilda qariyb 600 odam o’quv yurtida tahsil oldi,” - deydi Stayls.

Kim Venetz - bitiruvchilardan. Oddiy idoradagi oldingi ishini tashlab, dijeylik qila boshlagan. Taxallusi – Kimyogar.

“Beat Refinery maktabidagi birinchi darsda dijeylik haqida bildimu bu ishni yo’qtirib qoldim. Shu kasbni mahkam tutishga qaror qildim. Chunki musiqani juda yaxshi ko’raman”.

Har bir o’tirishda, klub va barlarda dijeylar xizmatda. Ayrimlari mashhur bo’lib ketdi. Boshqalar ularga o’xshagisi keladi, sohaga qiziqish ortgan, deydi Kris Stayls:

“Jahon sahnasida ishlaydigan dijeylar orasida yiliga bir necha million dollar topadiganlar ham bor. Hatto kichik bir shaharda ishlaydigani ham milliondan oshiq daromad qilishi mumkin”.

Kelajagim porloq, deydi ishonch bilan Shon Jonson.

“Bunga hech shubham yo’q. Hozir kasb egalari oldida ulkan imkoniyatlar paydo bo’lyapti. Dijey bugun mashhur xonanda bilan barobar. Sohaga kirishning ayni mavridi”.

Kim Venetz bu fikrga qo’shiladi:

“Ilgarigi ishimni yo’qtirmasdim. Yangi kasbim esa zo’r. Musiqa qo’yib, maza qilaman”.

Muhimi, deydi Venetz, o’zim yaxshi ko’rgan ish bilan bandman, odamlarga xizmat qilaman, miriqib dam olishga yordamlashaman.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG