Ayrim AQSh qonunchilarining aytishicha, prezident Barak Obamaning Misrga harbiy yordamni kesish haqidagi qarori Yaqin Sharqda Amerika manfaatlariga putur yetkazishi mumkin. Demokratik yo’l bilan saylangan prezident Muhammad Mursiy iyul oyida harbiylar tomonidan hokimiyatdan ag’darilgach, AQSh Misrga harbiy qurollar yetkazishni to’xtatib qo’ydi.
Misrda zo’ravonlikning keti ko’rinmayapti. AQSh qonunchilari harbiy yordamni muzlatish haqidagi Vashington qarorini savol ostiga olmoqda. Demokrat kongressmen Eliot Engel shulardan biri.
“Mintaqa parokandalikka yuz tutmoqda. Suriyada nazorat izdan chiqqan. Eron xavfi esa oshib bormoqda. Bunday sharoitda an’anaviy do’stlarimizdan uzoqlashish yaxshi emas”, - deydi u.
Respublikachi kongressmen Dana Rorabakerga ko’ra, “Musulmon birodarlar”ni hokimiyatdan ag’dargani uchun harbiylar tank va jangovar vertolyotlardan bebahra qolmoqda.
“Misrda radikal islomni tor-mor etgani uchun olqishimizga sazovor bo’lgan general Al-Sissiy va uning odamlarini endi o’z holiga tashlab qo’yyapmiz”, - deydi senator.
Vashington erkin saylovlar natijasida hokimiyatga kelgan Muhammad Mursiyning ag’darilishiga ehtiyotkorlik bilan munosabat bildirgan. Inson huquqlari faollari “Musulmon birodarlar” tarafdorlarining yoppasiga hibsga olinishi va tazyiqqa tutilishini keskin tanqid qildi.
AQShga ko’ra, tank, raketa va jangovar vertolyotlar ta’minotini to’xtatish qarori Isroil bilan chegaradosh Sinay yarimorolida aksil-terror harakatlarga ko’rsatilayotgan Amerika yordamiga ta’sir qilmaydi.
Mudofaa vazirining o’rinbosari Derek Cholletning aytishicha, Misr hukumatida Sinaydagi amaliyotlar uchun yetarlicha salohiyat mavjud. Ekstremistlarni yengish uchun qurollari yetarli va biz bu borada ta’minotni kesganimiz yo’q”, - deydi AQSh rasmiysi.
Mursiy hokimiyatdan ag’darilgandan beri Obama ma’muriyati har ikki tomonni ham xafa qilmaslikka urinmoqda, deydi Vashingtondagi Amerika universiteti professori Akbar Ahmad. Uning aytishicha, bu Vashingtonning Qohiraga nisbatan ta’sirini zaiflashtiradi.
“Agar Misrda kuch, hokimiyat yoki moliya bo’shlig’i yuzaga chiqsa, uning o’rnini kimdir to’ldirishga urinadi. Bu Rossiya, Xitoy yoki saudiyaliklar bo’lishi mumkin”, - deydi professor Ahmad.
Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari Misrda muvaqqat hukumatni qo’llab-quvvatlamoqda. Kongressmen Ted Doych bu haqda shunday deydi:
“Fors ko’rfazi davlatlari vaqtinchalik hukumatni yordam bilan ta’minlayotgan bir paytda, biz o’z ta’sirimizni saqlab qolish uchun nimadir qilishimiz kerak. Qisman yordam, qisman demokratiyani qo’llab-quvvatlash orqali”, - deydi kongressmen.
Davlat kotibining o’rinbosari Bet Jounsga ko’ra, Vashington demokratik jarayonlarni olg’a surmoqda.
“Biz buni muvaqqat hukumatga yetarlicha tushuntirganmiz. Yordam dasturini qayta ko’rib chiqish orqali biz AQShning eng muhim manfaatlariga e’tibor qaratdik”, - deydi u.
Obama ma’muriyati ta’kidicha, Misrda qonun ustuvorligi asosida barcha siyosiy kuchlarni o’z ichiga olgan, noharbiy hukumat saylansa, Vashington va Qohira o’rtasidagi munosabatlar eng mustahkam pallaga kiradi.