Breaking News

Saylov bilan muammolar hal bo'lmaydi


Saylovda kim g’olib chiqishidan qat'iy nazar u qator muammolar bilan yuzlashadi.

G'olib 2013-yilning 20-yanvarida qasamyod keltiradi va to’rt yillik muddatni boshlaydi.

Iqtisodiy masalalar

Prezident Barak Obama soliqlar, byudjet va boshqa moliyaviy masalalarga e’tibor qaratishi kerak. Prezidentning o’zi ham, Kongress ham saylov o’tib olgunicha bu muammolar yuzasidan qaror chiqarmay turdi.

Respublikachilar Vakillar Palatasida ko’pchilik o’rinni saqlab qolmoqda. Senatda esa demokratlar hukmron.

Davlat qarzi o’sishda davom etar ekan, har ikki nomzod kelasi yillarda uni kamaytirish rejasini ishlab chiqishni va’da qilgan. Biroq 16 trillion dollardan oshgan qarzdan qanday qutulish to'g'risida siyosatchilar orasida yakdillik yo’q.

Amerika iqtisodiy o’sishini ta’minlash - asosiy vazifa.

Tashqi siyosat

AQSh prezidenti Afg’onistondagi urushni tugatish va 2014-yil oxirigacha qo’shinlarni vatanga qaytarish rejasida qat'iy.

Eron yadroviy dasturi, Isroil xavfsizligi, Suriyadagi qonli mojaro - AQSh diqqat markazidan tushmaydi.

Xitoyda rahbariyat o’zgarmoqda. AQSh u bilan til topisha oladimi? Bu ham bugungi saylovdagi g'olib uchun muhim bir sinov bo'ladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG