AQShda istiqomat qiluvchi minglab o’zbeklar orasida 20-asrning birinchi yarmida Sovet tuzumidan qochgan o'rta osiyoliklarning avlodlari ham bor. O'zbekistonliklar ularni “eski o’zbeklar” deb atashadi, ularning o'zlari esa “turkistonlikmiz” deyishadi. Bugun ular AQSh fuqarolari sifatida jamiyat hayotining turli jabhalarida faol ishtirok etmoqda. Xususan, mamlakatdagi siyosiy jarayonlarga ham befarq emas.
Saylov uchastkalari navbatdagi prezident uchun ovoz berayotgan fuqarolar bilan gavjum bir pallada biz amerikalik o'zbeklarning saylov va nomzodlar haqidagi fikrlari bilan qiziqdik. AQShda markaziy osiyolik muhojirlarning siyosiy faolligi qanday? Ular uchun prezidentlikka munosib nomzod kim?
Shu kabi savollarga javob topish maqsadida Nyu-Jersi shtatida joylashgan “Turkiston-Amerika” jamiyati prezidenti Abdulla Xo’ja va Chikagodagi O’zbek-Amerika Assotsiatsiyasi raisi Sirojiddin Nasafiyni suhbatga tortdik.
Asli O’zbekistonning Qashqadaryo viloyatidan bo’lgan Sirojiddin aka 40 yildan buyon AQShda istiqomat qiladi. Chikago shahri atrofidagi o’zbek muhojirlari jamiyatiga rahbarlik qiladigan ushbu ziyoli inson o’zining demokrat ekanini faxr bilan tilga oladi.
“Shaxsan men demokratman, - deydi Nasafiy. - Bu yerda 40 yildan beri yashayman. Har doim saylovda demokratlarga ovoz beraman. Chunki ular kambag’allarga ko’proq qaraydi ”.
Respublikachi Mitt Romni Obamani so’nggi to’rt yilda iqtisodiyotni yaxshilay olmaganlikda ayblaydi. Sirojiddin Nasafiy nazarida esa prezident Obamaning iqtisodiy ko’rsatkichlari yomon emas. Hayot ilgarigiday to’la izga tushishi uchun vaqt kerak, deydi u.
“Obama juda yaxshi harakat qildi, - deya amaldagi prezidentni himoya qiladi o’zbeklar yetakchisi. - U ishga tushgan paytda Amerika burni yerga yopishib qolgan edi. Nihoyat darajada ahvoli yomon edi. Pastga qarab ketayotgan edi. Ming ofarinki, Obama ancha ishlarni amalga oshirib, iqtidosiyotni asrab qoldi”.
AQShdagi nufuzli “Turkiston-Amerika” jamiyati prezidenti Abdulla Xo’ja esa Obamaning to’rt yillik faoliyatidan mamnun emas. U o’zi bergan va’dalarni bajara olmadi, deydi u.
“2008-yilgi saylovda jamiyatimizning ko’pchiligi Obamaga ovoz bergan edi, - deydi Abdulla Xo’ja. – Lekin u ko’p va’dalarini bajarmadi. Bu safar unga ovoz berganlar ham bo’ladi, bermaganlar ham bo’ladi”.
2008-yil Obamani tanlagan “Turkiston-Amerika” jamiyati raisi bu safar Romni uchun ovoz bermoqchi ekanini aytadi. Biznesni rivojlantirish uchun Romni munosibroq nomzod, deydi u.
“Ikkalasi ham mukammal emas, kamchiliklari bor. Lekin biznes tajribasi borligi uchun iqtisodiyotni rivojlantirishga Romni yaxshiroq”, - deydi “Turkiston-Amerika” jamiyati rahbari.
Mitt Romni prezidentlikka saylansa, to’rt yil ichida 12 million yangi ish o’rni yaratishga va’da bergan edi. Buni demokratlar saylov oldidagi quruq va’da deb hisoblaydi. Romni saylanganda, vaziyat bundan ham battar bo’lishi mumkin edi, deydi demokrat Nasafiy.
“Qarshi tomondagi respublikachilar, tabiiyki, propaganda qiladi. Lekin ko’p gaplari haqiqat emas, - deydi Nasafiy. – Agar Romni saylansa, bundan ham yomonroq bo’ladi”.
Abdulla Xo’ja bu borada Nasafiy bilan hamfikr emas. Obama haddan ziyod liberal bo’lgani uchun qarashlari bizga to’g’ri kelmaydi, deydi u. Romni dindor bo’lgani uchun fikrlari urf-odatlarimizga ham mos, deydi “Turkiston-Amerika” jamiyati raisi.
“Obama axloqiy jihatdan bizning urf-odatlarga to’g’ri kelmaydigan qarorlar berdi. Avlodlarimiz uchun odob-axloq, madaniyatni saqlash masalasida ham Romnining qarashlariga qo’shilaman”, - deydi o’zbeklar jamiyati yetakchisi Abdulla Xo’ja.
Sirojiddin Nasafiy ham, Abdulla Xo’ja ham AQShdagi vatandoshlarini siyosiy faol bo’lishga chaqiradi. Qanchalik faol bo’lsak, jamiyatda shunchalik ta’sirga, o’z ovozimizga ega bo’lamiz, deydi ular.
“Vatandoshlarimiz bunday siyosiy jarayonlarda faol bo’lishi kerak. O’zimizni tanitib hukumatdan haq olishimiz lozim. Faol bo’lmasak, yuz ming emas, 50 million kishi bo’lsak ham hech kim bizni tanimaydi”, - deydi chikagolik Sirojiddin Nasafiy.
“Vakillarimizga saylovda qatnashinglar, deb doim aytamiz. Kelajakda o’z vakillarimizni biz ham Kongressga, Senatga saylashimiz kerak. Siyosiy hayotda faol qatnashish muhim”, - deya ta’kidlaydi Abdulla Xo’ja.
Ammo o’zbekistonliklarning AQSh siyosiy hayotidagi ishtiroki ancha sust. Har ikki o’zbek yetakchisi ham buni tan oladi.
“Hammasi siyosatga juda qiziqadi. Ammo bizning bitta kamchiligimiz shuki, amal qilishga kelganda hech narsa yo’q”, - deydi Sirojiddin Nasafiy.
“Biznikilar, afsuski, bunday ishlarda faol emas,- deya Nasafiy fikrlariga qo’shiladi Abdulla Xo’ja. – Pasportni olib, ishlatsam deyishadi, ammo aksariyati saylovlarda qatnashmaydi”.