AQShda chekish, ichkilik va qoradori/Smoking, drinking and drugs
Amerikada chekish modadan qolgan desak xato bo'lmaydi. Qo'lida sigaret tutdan odamga jirkanch bilan qarashadi. Masalan Chikago ko'chalarini aylanib yurib chekayotgan biror odamni ko'rmadik. Restoranlarda man etilgan, jamoat joylari, hatto xususiy mulklar oldida ham cheka olmaysiz. Tamaki ishlab chiqaruvchilar tobora kuchli bosim ostida. Tamaki chetga surilsa-da, qoradori va alkogolga talab bu jamiyatda bag'oyat katta. Biz turgan Chikagoda ham bu katta muammo. Jinoyatchilik keng tarqalgan bu shaharda narkomaniya darajasi ham yuqori. Sabab - iqtisodiy nochorlik deydiganlar ko'p. Lekin o'tgan yillar ichida bir necha mashhur amerikalik bu illat qurboni bo'lgani odamlarni ancha o'ylantirib qo'ygan. Uitni Xyuston, Maykl Jekson, Kit Ledjer… Jahon estradasi va kino yulduzlarining fojiali o'limi narkotik va spirtli ichimliklar iste'moliga e'tibor qaratdi. Ruhiy tushkunlik va depressiya kabi tub masalalar muhokamada.
Shu mavzuda
Siz uchun
-
Dekabr 21, 2024
Elektromobil sanoati Tramp ma'muriyatidan nimalarni kutmoqda?
-
Dekabr 21, 2024
Lola Karimovaning Toshkentdagi ko'rgazmasi
-
Dekabr 20, 2024
Baydendan Trampga: Oq uydagi yangilanish qanday kechadi?
-
Dekabr 19, 2024
Xalqaro hayot - 18-dekabr, 2024 - Suriya, Erdog'an, Ilon Mask