Breaking News

AQShda ruhiy muolaja tizimi talabga javob bermaydi


AQShda ruhan kasallarga sharoit qanday? Mental health care in US
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:16 0:00

AQShda ruhan kasallarga sharoit qanday? Mental health care in US

Ilmiy tadqiqotlarga ko’ra, ruhan kasal odamlarning aksariyati jinoyatga qo’l urmaydi. Lekin kim zo’ravonlikka moyil ekanini aniqlash, tashxis qo’yish, bu odamlar o’ziga yoki jamiyatga ziyon yetkazishini oldini olish oson ish emas.

AQShda bu muolaja tizimi qanday yo’lga qo’yilganiga nazar tashlasak…
AQShda ruhiy muolaja tizimi talabga javob bermaydi/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:06 0:00
Yuklab oling

Erik Parks va uning onasi Jinjer Smit ruhiy kasallik oqibatlari qanday bo’lishini juda yaxshi bilishadi. Erikda psixopatiya kasali bor, bu haqda 19-yoshida bilib qolishgan.

“Kasallikning ilk xurujini uncha eslolmayman. Bilamanki, juda yomon bo’lgan”, - deydi Erik.

“Ana o’shanda boshlangan musibat yillab davom etdi. Ham Erik uchun, ham oilamiz uchun og’ir paytlar”, - deydi uning onasi.

Psixik kasallikka duchor odam voqelikni to’g’ri idrok etolmaydi. Shifokor nazoratida bo’lmasa, osoyishtaligi buziladi, jadvalga qarab ish tuta olmaydi. Shunday ekan, dorilarini ham o’z vaqtida qabul qilmaydi.

Erikning onasi o’g’lini dispanserga joylashtirmoqchi bo’ldi. Lekin Amerikada aksar tibbiyot maskanlari bundaylarni davolamaydi. Bemor yotqizilgan taqdirda ham tez kunda uyiga jo’natib yuboriladi.

Boshqa davlatlarda bo’lgani kabi, vrach-psixiatrga muntazam qatnash yoki uyga yollash, muolaja uchun zarur dorilarni xarid qilishga ko’pchilikning qurbi yetmaydi.
Erik Parks, shu tariqa, qarovsiz, ko’chada qolib ketdi.

“Boshida o’zim davolanishga qarshi edim, chunki menda ruhiy xastalik borligini tan olgim kelmasdi. Shuning uchun doriga ham yo’q deganman”, - deydi u.

AQShda psixik xastaliklarni davolash sistemasi tubdan isloh qilinishi kerak, deydi Veyn Lindstrom, shu sohada izlanishlar olib boradigan tashkilot rahbari.

“Bizda ruhiy bemorlarga xizmat ko’rsatadigan tizim boshqa, sog’liqni saqlash tizimi boshqa. Integratsiya, yaxlit sistema yo’q. Vaholanki, bu ish allaqachon amalga oshirilishi kerak edi. Kattalar va bolalar orasida uchraydigan ko’plab kasalliklarni ikki alohida kategoriyaga ajratib bo’lmaydi”.

Erik endi xususiy bir klinikada yashaydi, uning ehtiyojlarini xodimlar ta’minlaydi. Lekin bunday xizmatlar bir dunyo pul. Oilalarga yordam beradigan hukumat dasturlari yoki xususiy programmalar mavjud emas.

Jinjer Smit Erikni bu muassasaga joylashtirish uchun uyini sotishga majbur bo’ldi. Farzandining salomatligi ancha yaxshilangan.

“O’zimga ish qidira boshladim. Oyoqqa turib, kvartira olaman deb niyat qilganman”, - deydi Erik.

U yana bir necha yil klinikada qolishi zarur. Onasi Jinjer Smit progress bor, deydi. Afsuslanarlisi, deya qo’shadi u, rasmiylar va ommaviy axborot vositalari bemorlarni salbiy ruhda ta’riflashga o’rganib qolgan.

“Qaniydi, bu xastalikka duchor bo’lganlarga nisbatan munosabat o’zgarsa. Izlanishlarga tayanib, hukumat maxsus dasturlar bilan chiqsa. Bizga o’xshagan oilalar dardiga malham bo’lardi”.

Afsuski, hozir shuning aksi. Tibbiy dasturlar tobora qisqarib ketayapti.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG