Breaking News

Saylov-2016: Tramp Obama bilan uchrashdi

Amerika xalqi navbatdagi to'rt yil uchun yangi prezidentni sayladi. Kutilmaganda, respublikachilar nomzodi Donald Tramp g'alaba qozondi. Saylov natijalarini jonli blogimizda kuzatib boring.

08:10 9.11.2016

AQShdagi saylov dunyo birja bozorlariga ta'sir o'tkazmoqda

​AQSh prezident saylovi hali yakuniga yetgani yo'q, ammo ovozlar sonidagi o'zgarishlar dunyo bozorlarini junbushga keltirmoqda. AQSh dollari qiymati so'nggi soatlarda bir necha bor yuqorilagan va pasaygan.

Donald Tramp, ilk natijalarga ko‘ra, Hillari Klinton ustidan g‘alaba qozonar ekan, AQSh dollari Osiyo bozorlarida yuqoriladi, ammo ko‘p o‘tmay, Klinton g‘alaba qozonayotgani qayd etilgach, dollar yana pastladi.

Har bir shtatdagi saylov natijasiga muvofiq, Osiyo birjalarida hissalar narxi ikki marta ko‘tarilib, ikki marta pastladi.

07:57 9.11.2016

Tramp g'olib bo'ladimi?

Saylov g'olibini taxmin qilishga hali erta, ammo hozirgacha ovozlar sanalgan bir qator muhim shtatlarda Tramp g'alaba qozondi. Ayni paytda hali natijasi e'lon qilinmagan va ovozlar sanalayotgan ayrim shtatlarda respublikachi nomzod kichik ustunlik bilan Klintondan oldinda bormoqda.

Trampning qizi Ivanka otasi jamoasi bilan natijalarni saylov shtab-kvartirasidan kuzatib turgani aks etgan suratni "Twitter"ga qo'ydi:

07:50 9.11.2016

Respublikachilar partiyasi Vakillar palatasidagi nazoratini saqlab qoldi

Bugun AQShda nafaqat prezidentlik, balki parlamentdagi ayrim o'rinlar uchun ham saylov bo'lib o'tmoqda. Vakillar palatasida ko'pchilik o'ringa ega bo'lgan respublikachilar bugungi saylovdan keyin ham ustunligini saqlab qoladigan bo'ldi. Bunga erishish uchun lozim bo'lgan o'rinlarni ular hozirgacha qo'lga kiritib bo'lgan.

Ayni paytda senatdagi bir nechta o'rin uchun ham kurash ketmoqda. Hozir senat respublikachilar nazoratida, ammo ularning ustunligi katta emas. Shu bois bugungi saylovda demokratlar senat nazoratini qayta o'z qo'llariga olishi kutilmoqda. Buning uchun ular 5 ta o'rinni egallashi kerak. Agar Klinton prezident bo'lsa, 4 ta o'rin kifoya qiladi. Chunki vitse-prezident senatda bir ovozga ega bo'ladi.

07:40 9.11.2016

Konnektikut shtatida Klinton g'alaba qozongani xabar qilindi. Ko'pchilikning e'tibori Virjiniya, Shimoliy Karolina va Florida shtatlarida. Bu yerlarda har ikki nomzod deyarli teng ketmoqda. Ammo Tramp biroz oldinda.

Ko'pchilik Virjiniyada Klintonning oson g'alaba qozonishini taxmin qilgan edi. Chunki vitse-prezidentlik uchun demokratlar nomzodi Tim Keyn shu shtatdan senator va sobiq gubernator.

Shuningdek, Nyu-Gempshir, Pensilvaniya, Ogayo, Michigan kabi bir qator shtatlarda ovoz berish yakunlangan, lekin kimning g'olib chiqqanini taxmin qilishga hali erta. Ovozlarni sanash davom etmoqda.

Ko'proq...

XS
SM
MD
LG