Breaking News

Saylov-2016: Tramp Obama bilan uchrashdi

Amerika xalqi navbatdagi to'rt yil uchun yangi prezidentni sayladi. Kutilmaganda, respublikachilar nomzodi Donald Tramp g'alaba qozondi. Saylov natijalarini jonli blogimizda kuzatib boring.

22:40 8.11.2016

Saylov uchastkalari gavjum

Mamlakat bo'ylab barcha saylov uchastkalari ovoz berish uchun kelgan fuqarolar bilan to'lgan. Bunaqasi tarixda bo'lmagan, deydi kuzatuvchilar. Ayrim joylarda uzun kutish navbatlari paydo bo'lgan.

Quyida AQShning turli hududlaridagi saylov uchastkalarida olingan suratlarni tomosha qiling (Rasm ustiga bosing).

00:00 9.11.2016

Ovozlar qanday sanaladi?

Bugun yarim tunga borib, barcha ovozlar sanab bo'linishi va kim g'olib chiqqani aniqlanishi kerak. Saylov natijasi har bir shtat va poytaxt Vashingtonda o’tkazilgan saylovlar natijalariga qarab belgilanadi. Har bir shtat g’olibi o’sha shtatdan Kongressda qancha vakil bo’lsa, o’shancha ovoz oladi va bu ovozlar qo’shib hisoblanadi. Birinchi bo’lib 270 ovoz yoki deylik, ochko to’plagan nomzod g’alaba qozonadi.

Quyidagi videoda ovozlar qanday taqsimlanishi haqidagi jarayonni tushuntiramiz.

00:17 9.11.2016

Ispanzabonlar rekord darajada ovoz berishga chiqmoqda

Bu yilgi saylovda ovoz berayotgan ispanzabon amerikaliklar soni har doimgidan ko'p ekani aytilmoqda. Kelib chiqishi Lotin Amerikasidan bo'lgan bu fuqarolar Texas kabi muhim shtatlarda aholining salmoqli qismini tashkil etadi. Bu esa saylov taqdirini belgilashda katta ahamiyatga ega bo'ladi.

Odatda, respublikachilarga ovoz berib kelgan Arizona shtati bu yilgi saylovda kim g'olib chiqishi noma'lum hududlardan biriga aylangan. Chunki bu yerda ispanzabonlar soni oshib bormoqda va ularning aksariyati respublikachi Donald Trampga qarshi. Chunki Tramp ispanzabonlarni haqorat qilgani va muhojirlarni mamlakatdan quvib solishi haqida aytgan gaplari bilan bu toifadagi saylovchlarning ko'nglini qoldirgan.

Demokratlar nozmodi Hillari Kllinton bu vaziyatdan unumli foydalanib, oz sonli etnik saylovchilar ovozini olishga alohida e'tibor qaratdi. U olib borgan saylov kampaniyalarida ham shu narsa ko'zga tashlandi.

Klinton va Tramp: Prezidentlik uchun kurash
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:00:39 0:00

01:08 9.11.2016

Klintonda g'olib bo'lish imkoniyati yuqorimi?

Saylov kuni oldidan mamlakat bo'ylab o'tkazilgan eng so'nggi so'rovlarning ko'rsatishicha, demokrat Hillari Klinton raqibi Donald Trampdan oldinda bormoqda. Ammo o'rtadagi tafovut katta emas.

So'rovlarga ko'ra, ayollar, ispanzabonlar, qora tanlilar hamda kollej ta'limini olgan saylovchilar orasida Klinton tarafdorlari ko'p. Trampni yoqlayotganlar esa, asosan, oq tanli ishchilar guruhi, kollej ta'limini olmaganlar hamda qishloq joylardagi fuqarolardan iborat ekani aniqlangan.

Hillari Klinton ovoz bermoqda
Hillari Klinton ovoz bermoqda

Mamlakat bo'ylab o'tkazilgan so'rovlarda Klinton Trampdan uch foiz oldinda. Kim yutishi noma'lum muhim shtatlarda ham demokratlar nomzodi kichik miqdorda Trampdan o'zib ketgan.

G'olibni aniqlashda aholisi katta shtatlar muhim o'rin egallaydi. Chunki ularga eng ko'p elektorat ovozlari berilgan. Bir necha ana shunday yirik shtatlarning ham Klintonga moyil ekani taxmin qilinmoqda.

Jami 538 elektrorat o'rnining kamida 270 tasini qo'lga kiritgan nomzod AQSh prezidenti etib saylanadi.

Ko'proq...

XS
SM
MD
LG