Breaking News

AQShda yosh saylovchilar kimga ovoz bermoqchi?


Ijtimoiy so’rovlarda yosh demokratlarning 27 foizi, respublikachilarning esa 39 foizi saylovda ovoz berishga tayyor ekanini aytgan.
Ijtimoiy so’rovlarda yosh demokratlarning 27 foizi, respublikachilarning esa 39 foizi saylovda ovoz berishga tayyor ekanini aytgan.

AQSh prezidenti Barak Obama kollej va universitetlarni kezib, yoshlarni yaqinlashayotgan saylovlarda ovoz berishga, Demokratlar Partiyasini qo’llab-quvvatlashga undamoqda.

Ikki yil oldin prezident poygasida aynan yoshlar Obamaning suyangan tog’iga aylangan edi. Biroq ishsizlik muammo bo’lib turgan bir pallada studentlar shashti sust.

2008 yilgi prezident saylovlarda yoshlar to’p-to’p bo’lib saylovda qatnashgan, yarmidan ko’pi demokrat nomzod Barak Obamaga ovoz bergan edi.

Ammo ijtimoiy so’rov natijalariga ko’ra, demokratlar Vakillar Palatasi va Senatda ustunlikni qo’ldan boy berishi mumkin.

Ogayo Davlat Universitetida 35 ming odam oldida so’zlar ekan, prezident Obama davlatni boshqarish mashaqqat va sabr-toqat talab qiladi deya ta’kidladi.

“O’zgarish va’da qilgan edik. Hozir mana shu va’dani amalga oshirish ustida qora terga botib ishlayapmiz. Bitta-bitta qadam bosib, kurashayapmiz”, - deydi Obama.

Yoshlarning siyosatdagi roli borasida izlangan olim Xezer Smit fikricha, ko’plab qiz-yigitlarning prezidentdan xafsalasi pir bo’lgan. Biroq umidvor yoshlar ham kam emas. Obamani tinglayman deb 10 minglab yoshlar jamul-jam.

Ijtimoiy so’rovlarda yosh demokratlarning 27 foizi, respublikachilarning esa 39 foizi saylovda ovoz berishga tayyor ekanini aytgan. Studentlarning 44 foizi prezident Obamadan rozi. O’tgan yili bu ko’rsatkich 60 foizda edi.

Ishsizlik, iqtisodiyot talabalarni eng ko’p o’ylantirayotgan muammo, deydi respublikachi student Zak Xovel.

Kollejni bitirgan yoshlarning 20 foizi ish topa olmay sarson.

XS
SM
MD
LG