Breaking News

AQSh Efiopiya mojarosiga aralashgan taraflarni murosaga chaqirmoqda


Vashingtonda Kapitoliy binosi yonidagi namoyishda qatnashgan odamlar Efiopiya hukumatini Tigray mintaqasida qatliomlarda, AQSh va BMTni esa harakatsizlikda aybladi.

Xalqaro hayot – 8-noyabr, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:41 0:00

Efiopiyaning to’qqizta isyonchi va muxolif guruhlari vakillari ham Vashingtonda to’planib, Abiy Ahmad hukumatiga qarshi birlashayotganini ma’lum qidi.

Bosh vazir Addis-Abbeba aholisini shaharga hujum qilishga hozirlanayotgan isyonchilarga qarshi birgalikda poytaxtni mudofaa qilishga chaqirdi.

AQSh maxsus vakili Jeffri Feltman Efiopiyaga safarbar etilgan.

“Bilishimcha, uni Efiopiya hukumati taklif etgan. Balki sulhga kelishishga yordam berar, aks holda mojaro kuchayib, butun mamlakatga tarqalib ketishi mumkin”, - deydi Londondagi “Chatxem uyi” tahlil markazidan Ahmad Sulaymon.

Qo’shma Shtatlar barcha taraflarni sulhga kelishish va gumanitar yordamga yo’l ochish uchun muzokara qilishga chaqirmoqda.

“AQSh hamisha Efiopiya xalqiga do’st bo’lgan va Bosh vazir Abiyni qo’llab-quvvatlab kelgan. Hozirgi voqealar qo’lga kiritilgan muvaffaqiyatlarni yo’qqa chiqarishi mumkin. Bunga yo’l qo’yilmaydi va Efiopiya yana mintaqada tinchlik va taraqqiyot elchisiga aylanadi degan umiddaman”, - dedi AQSh sobiq elchisi Makila Jeyms.

Uning aytishicha, davlatlar vaziyatga aralashib, sulhga undovchi sharoitlarning yaratilishiga yordam berishi kerak.

“Masalaga kollektiv yondashuv hukumatga bosimni oshiradi, barcha taraflarning muzokara stoli atrofiga to’planishiga va o’zaro muloqot qilishiga undaydi. Tigray xalq ozodlik fronti, Eritreya hukumati, qo’shni davlatlar, Abiy hukumati bir-birii bilan muloqot boshlashi kerak”, - deydi diplomat.

BMT Xavfsizlik Kengashi bugun Efiopiyadagi vaziyatni muhokama qilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG