AQSh va Yevropa Ittifoqi shu yoz erkin savdo bo’yicha muzokaralarni boshlab yuborishi mumkin. Mutaxassislar fikricha, bunday bitimdan okeanning har ikki tomonidagi davlatlar katta foyda ko’radi. Lekin reja yaqin orada amalga oshishi amri mahol.
O’z xalqiga murojaatida prezident Barak Obama transatlantik erkin savdo zonasini yaratish haqida so’z ochgan edi.
“Erkin va adolatli savdo Qo’shma Shtatlarda yaxshi maosh to’laydigan millionlab ish o’rinlari yaratadi”, - deydi u.
Yevropa Komissiyasi rahbari Joze Manuel Barrozo ham taklifni darhol yoqlab chiqdi. Keng qamrovli kelishuv qit’aning oqsayotgan iqtisodiyotini jonlantirgan bo’lardi, deydi u.
“Agar Amerika bilan savdo kelishuvi imzolasak, Yevropa Ittifoqida ishlab chiqarish hajmi yarim foizga o’sadi. Davlatlar g’aznasi uchun milliardlab yevro va fuqarolar uchun minglab yangi ish o’rinlari degani bu”.
Qisqasi, har ikki tomon uchun koni foyda. Biroq Xalqaro savdo konfederatsiyasi rahbari Sharan Barouning ogohlantirishicha, faqatgina iqtisodiy foydaga asoslangan kelishuv, aksincha, ishchilarga ziyon keltiradi.
“Agar hamjihatlik birinchi o’ringa qo’yilsa, tashabbus negizida boylikni bo’lishamiz degan maqsad yotgan bo’lsa, ishchilarning jamoa bo’lib kelishish huquqi saqlab qolinsa, bu ajoyib taklif”, - deydi Barou.
Xavotir shundaki, AQSh va Yevropa o’rtasida savdo va sarmoya yo’lidagi to’siqlar olib tashlansa, ishchilar huquqi toptaladi. Zavod-fabrikalar eng arzon joylarga ko’chadi.
Lekin Kato institutidan Daniel Aykenson fikricha, AQShni bu unchalik tashvishga solmasligi kerak.
“Yevropada ish sharoitlari AQShga qaraganda yaxshiroq hisoblanadi. Amerika kasaba uyushmalari savdo kelishuviga qarshi chiqishi qiyin”, - deydi u.
Muzokarachilar texnik va regulyativ standartlarni bir-biriga moslashtirish haqida o’ylasin, deydi u.
“Deylik, Amerikada kir yuvadigan mashina ishlab chiqardingiz. Uning elektr simi kamida 91 santimetr bo’lishi kerak. Yevropa Ittifoqida esa bir metr”.
AQSh va Yevropa o’rtasida savdo tariflari shundoq ham past ekan, muzokaralarda asosiy e’tibor subsidiyalarga qaratilishi mumkin. Hukumatlar o’z fermerlari yoki samolyotsoz kompaniyalarini qo’llab-quvvatlash uchun beriladigan moliyaviy ko’mak bu.
O’rtadagi tavofutlar hal qilinsa ham, deydi Sharan Barou, savdo-sotiq bilangina global iqtisodiyotni ko’tarib bo’lmaydi.
“Dunyo iqtisodiyoti avvalgi salohiyatiga qaytishi uchun ishchi-mehnatkashlarni qadrlash, ularning haq-huquqlari toptalishiga chek qo’yish kerak. Mehnat qilgan odam shunga yarasha rohatini ko’rsin”.
Hozirda AQSh va Yevropa o’rtasidagi savdo-sotiq global iqtisodiy aylanmaning yarmiga to’g’ri keladi. Qo’shimcha kelishuv, deydi ekspertlar, hamkorlikni oshirib, Xitoy nufuzini jilovlashda ham qo’l keladi.