Breaking News

Amerikada universitetga kirmoqchi bo’lsangiz, AQSh tarixini biling


Yozhik, seekor beruang Himalaya, duduk santai sementara pegawai kebun binatang berusaha mendinginkannya dengan aliran air di kebun binatang Royev Ruchey di pinggiran kota&nbsp;<span style="line-height: 21.7500019073486px;">Krasnoyarsk, di Siberia, Rusia.</span>
Yozhik, seekor beruang Himalaya, duduk santai sementara pegawai kebun binatang berusaha mendinginkannya dengan aliran air di kebun binatang Royev Ruchey di pinggiran kota&nbsp;<span style="line-height: 21.7500019073486px;">Krasnoyarsk, di Siberia, Rusia.</span>
Amerikada oliygohga qabul testlarida o'zgarish/Nasiba Tohir
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:26 0:00
Yuklab oling

Amerikada universitetga qabul imtihonlarida yirik o’zgarish kutilayapti. Xususan, SAT (Scholastic Assessment Test) nomli testda endi kam qo’llanadigan so’zlar va insho o’rniga Qo’shma Shtatlar tarixiy hujjatlari haqida bo’lim paydo bo’ladi. Amerikada o’qimoqchi bo’lgan yoshlar uchun bu nimani anglatadi?

Vashingtondagi Xovard (Howard University) universiteti talabalari, Nigeriya va jamaykalik yoshlar o’qishga kirayotib, SAT testini topshirgan. Chet ellik salkam 100 ming bola har yili shundan o’tadi.

Imtihonga tuzatishlar xalqaro talabalarga qanday ta’sir qiladi? Pis Umoru nazarida o’zgarishlar ijobiy.

“Murakkab so’zlar haqidagi bo’lim olib tashlangani yaxshi. Chunki menimcha, xorijlik yoshlarni eng ko’p qiynagan savollar ana shular”, - deydi u.

Lekin Shanik Kembel Amerika tarixiga oid hujjatlar undan-da qiyin, deb hisoblaydi.

“Chet ellik talabalarni vahima bosishi aniq. Birinchidan, biz Amerika ta’lim tizimi asosida ishlangan testlarni topshirishimiz kerak. Ikkinchidan, boshqa madaniyat, tarixni o’qib katta bo’lganmiz. Amerikacha fikrlash, yondashuv biznikidan farq qiladi”, - deydi talaba.

Qo’shma Shtatlarda to’rt yillik ta’lim beruvchi taxminan uch ming kollej mavjud. Qariyb 800 tasi SAT va ACT (American College Testing) kabi testlarni qo’llamaydi. Ochiq, xolis test o’tash markazidan Bob Sheyfer bu imtihonlar chet el yoshlarini mushkul ahvolga soladi, deydi.

“Bolalikdan ingliz tilini o’rganib katta bo’lmagan yoshlarga ikki karra qiyin. Birinchidan, test chet tilida. Ikkinchidan, studentlar bu qiyin imtihonga tayyorgarlik ko’rmagan. Ikki karra og’ir”, - deb hisoblaydi Sheyfer.

O’zgarishlar 2016-yilda kuchga kiradi. SAT testini topshirishi kutilayotgan bir yarim million student buning nimaligini o’zida sinaydi. Kollejga qabul bo’yicha maslahat kengashidan Eddi Vest:

“Tuzatishlar foyda berishiga ishonaman. Chunki bu test bolaning bilimi, qobiliyatini xolis baholaydi. Faqat o’qishga kirib olish emas, balki kollejda muvaffaqiyat qozonish uchun ham foydasi tegadi”, - deydi Vest.

Ekspert tarixiy hujjatlar xorijlik talaba hayotini qiyinlashtirishi mumkin, degan fikrga qo’shiladi.

“Xalqaro student, misol uchun, Mustaqillik deklaratsiyasi yoki Martin Lyuter Kingning qo’lyozmalari haqida chuqur bilimga ega bo’lishi gumon. Demak, testdan o’tishi ham og’irlashadi”, - deydi Vest.

Mutaxassis nazarida Amerika universitet va kollejlari chet eldagi ilm dargohlari bilan bog’lanib, ularning o’quv dasturlari bilan tanishishi kerak. Shu asosda qabul shartlarini o’zgartirish kerak, deydi u.

AQSh oliygohlarida o'qiyotganlarning to’rt foizi chet ellik, qariyb 800 ming talaba.
Vilyamsburg - yangi dunyoga darvoza bo'lgan shahar - Williamsburg, VA where American began
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:14:00 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG