Amerika kasaba uyushmasining bildirisicha, yaqinda amalga oshirilgan xakerlik hujumi natijasida hukumatga ishlovchi barcha xodimlarning shaxsiy ma'lumoti o'g'irlangan.
AQSh hukumati kiber-hujum Xitoydan turib amalga oshirilganini ta'kidlaydi.
Hukumat ishchilarining federatsiyasi nazarida xakerlar har bir xodim, nafaqadagi ishchilar - jami 14 millionga yaqin amaldagi va sobiq ishchining axborotini qo'lga kiritgan.
Rasmiylar o'tgan hafta qariyb 4 million hukumat xodimlariga taalluqli ma'lumot o'marilganini aytgan edi. Hozir federal tizimda 4 milliondan sal oshiq xodim ishlaydi.
Jumladan, manzil, tug'ilgan sana, ish o'rinlari, maosh, ijtimoiy raqamlar haqida gap ketayapti. Oxirgi bir necha yilda AQSh hukumatiga qilingan eng yirik xakerlik hujumi bu.
Xitoy hukumati xakerlar uning davlatidan turib harakat qilganini rad etadi.