25-iyun kuni AQSh Oliy Sudi Arizona shtatida immigratsiya bo’yicha qabul qilingan qonunning katta qismini bekor qildi. Mamlakatdagi millionlab hujjatsiz muhojirlar taqdiri prezidentlik saylovlari oldidan muhokama qilinayotgan asosiy masalalardan biri.
2010-yilda Arizona shtatida tasdiqlangan qonun butun Amerika bo’ylab norozilik uyg’otgan edi. Hujjat politsiyaga muhojirlarni hech qanday ogohlantirishsiz tekshirish va tergov qilish singari vakolatlar bergan. Shtat hukumati bu faqat noqonuniy yurganlarga taalluqli desa, huquq faollari chet elliklarni kamsitish hollari ko’payadi deya qonunni qoralab chiqqan.
Oliy Sud hukmini g’alaba deb baholayotganlar ko’p. Uning oqibatlari noyabr oyida bo’lib o’tadigan prezidentlik saylovlariga ta’sir qilmay qolmaydi," - deydi deydi vashingtonlik faollardan biri Eliseo Medina.
Prezident Barak Obama Kongressni keng ko’lamli immigratsion qonun qabul qilishga chaqirdi. Uning raqibi, prezidentlikka respublikachilardan nomzod Mitt Romni fikricha, bugungi prezident bu masalani hal etishga qodir emas.
Yana besh shtatda Arizona qonuni kabi loyihalar ishlab chiqilgan. Kelajakda boshqa shtatlar ham bu yo’ldan borishi mumkin.
Noqonuniy muhojirlarning aksariyati latinolar, Lotin Amerikasidan kelgan immigrantlar va ularning farzandlari. Qonuniy yashaydigan latinolar aholining 17 foizini tashkil etadi. Fuqaro ekan, ovoz berish huquqiga ega.
Oliy Sud hukmi oqibatida latinolar Obamaga ovoz berishi mumkin, deydi Virjiniya Universiteti professori Larri Sabato.
“Bu masalani latino ahli yaqindan kuzatib kelayotgan edi. Ular orasida prezident Obamani qo’llab-quvvatlayotganlar ko’p, to’rt yil avvalgiga qaraganda ko’proq. Bu kuzgi saylovlar natijasiga jiddiy ta’sir qilishi mumkin”,- deydi professor.
Biroq tahlilchi Charli Kuk deydiki, Obamaning “latinolar mening tarafimda” deyishiga hali erta. Barcha ovoz beruvchilar uchun asosiy masala – iqtisod, deydi olim.
“To’rt yil avvalgi saylovda prezident Obama uchun latinolarning 67 foizi ovoz bergan. Yaqinda “Gallup” tadqiqot markazi o’tkazgan so’rov natijasiga ko’ra, bugungi kunda ham ularning 67 foizi Obamani qo’llamoqda. Biroq ular saylov kuni umuman ovoz bermasligi ham mumkin”.
Yaqinda Obama 30 ga kirmagan, mamlakat manfaati uchun xizmat qilayotgan yosh muhojirlarni hujjatsiz ekani uchun deportatsiya qilishni taqiqladi. Bu qaror ham latinolar orasida iliq kutib olingan.