Breaking News

Amerikadan 38 odam Gondurasga deportatsiya qilindi


Amerikaga noqonuniy kirgan gonduraslik ona va bolalar yurtiga qaytarilmoqda, 14-iyul, 2014-yil
Amerikaga noqonuniy kirgan gonduraslik ona va bolalar yurtiga qaytarilmoqda, 14-iyul, 2014-yil

AQShga noqonuniy yo’l bilan kirgan xorijiy immigrantlarning 38 nafari shu hafta vatani Gondurasga chiqarib yuborilgan. Asosan bolalar va onalari. Bundan keyin Markaziy Amerikadan AQSh chegarasini noqonuniy kesib o’tganlar o’z mamlakatiga muntazam ravishda deportatsiya qilinadi.

Biroq cheragadan o’tayotganlar qaytarib yuborilayotganlardan ancha ko’p. Gonduras, Gvatemala va Salvadordan minglab bolalar - ayrimlari onasi bilan, ayrimlari yolg’iz – qashshoqlikdan qochib, mashaqqatli yo’l bosib, yaxshiroq hayot topish maqsadida Amerikaga kelmoqda. Ammo ularning soni tobora oshib borar ekan, Texas shtati mutasaddilari og’ir ahvolda.

Hisoblarga ko’ra, joriy yilda 90 ming muhojir bola onasiz chegaradan o’tishi kutilmoqda.

AQShda 2008-yilda qabul qilingan qonunga ko’ra, Amerikaga chegaradosh bo’lmagan mamlakatlardan yosh bolalar chegarani kesib o’tsa, ularni ortga qaytarish mumkin emas.

Ularga boshpana berish yoki ularni deportatsiya qilish qarori immigratsion sudlarda ko’rilishi shart. Biroq bundaylar soni o’n minglab ekan, ularni joylashtirish masalasi muammo bo’lib turibdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG