Vashington va Dehli o’rtasida diplomatik janjal avj olmoqda. Hindiston o’tgan hafta Nyu-Yorkdagi bosh konsuli o’rinbosarining hibsga olinganidan norozi.
Mojaro markazida turgan hind diplomati 39 yoshli Devyani Xobragade. U payshanba kuni Manxettendagi maktablardan biriga qizini tashlab ketayotgan paytda hibsga olingan. U uyidagi xizmatkor ayol bilan soxta mehnat shartnomasi tuzganlikda ayblanmoqda.
Diplomat politsiyaning qo’pol muomalasidan shikoyat qilmoqda. Deyvani Kxobragadening aytishicha, uning qo’liga kishan solishib, kiyimini yechib sinchkovlik bilan tekshirishgan, so’ng diplomatik daxlsizligi bo’lishiga qaramay, jinoyatchilar va giyohvanlar bilan bitta izolyatorga qo’yishgan.
Hind rasmiylari Xobragadega nisbatan ko’rsatilgan munosabatni xo’rlash va yovvoyilik deya atagan.
Diplomatiga nisbatan bunday muomaladan g’azabga tushgan Dehli Hindistonda ishlovchi amerikalik diplomatlar uchun shu kungacha amal qilgan ayrim imtiyozlarni bekor qildi, elchixona atrofidagi to’siqlarni olib tashladi.
Mamlakat ichki ishlar vaziri Sushil Kumar Shinde Nyu-Dehliga tashrif buyurayotgan AQSh kongressmenlari bilan uchrashishdan bosh tortgan. Hukmron Kongress partiyasining rahbari Rahul Gandi va muxolifat yetakchisi Narendra Modi ham AQSh delegatsiyasi bilan uchrashuvlarni bekor qilgan.
Qo'shma Shtatlar hind diplomatining hibsga olinishida qoidalarga to’liq rioya qilinganini aytmoqda. AQSh Davlat departamenti rasmiysi Meri Xarfning aytishicha, diplomatik daxlsizlik ishga aloqador bo'lsagina kuchga kiradi.
AQSh prokurorlari olg’a surgan ayblovga ko’ra, Devyani Xobragade Hindistondan chaqirtirilgan uy xizmatkoriga soatiga to’rt dollardan kam haq to’lagan. Vaholanki, mehnat shartnomasiga oyiga 4500 dollar haq olishi to’g’risida yozilgan.
Davlat departamenti bu hol sabab ikki davlat munosabatlariga sovuqlik tushishini istamasligini bildirdi.