Breaking News

AQSh Eronning BMTdagi yangi elchisiga viza bermoqchi emas


Eronning BMTdagi elchisi etib tayinlangan Hamid Abutolibiy
Eronning BMTdagi elchisi etib tayinlangan Hamid Abutolibiy
Oq uyning ma’lum qilishicha, Eronning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi yangi elchisi etib tayinlangan shaxsga AQShga kirish vizasi berilmaydi. Bu haqda BMTga va Tehronga xabar berildi, deydi Oq uy so’zlovchisi Jey Karni.

BMTda Eronning yangi vakili sifatida ish boshlashi kutilayotgan Hamid Abutolibiy, Vashingtonning aytishicha, 1979-yil Tehrondagi AQSh elchixonasiga uyushtirilgan hujumda ishtirok etgan. O’shanda elchixona binosi inqilob natijasida hokimiyatga kelgan yangi rejim tarafdorlari tomonidan egallab olinib, 52 nafar amerikalik 444 kun garovda ushlab turilgan edi.

Eronning yangi elchisi musulmon talabalar guruhi a’zosi sifatida bosqinda ishtirok etgan, deydi Oq uy rasmiysi.

Abutolibiy esa elchixonaga bostirib kirgan guruh safida faqat tarjimon hamda muzokarachi sifatida ishtirok etganini aytadi.

Abutolibiy BMT missiyasiga tayinlangunga qadar Belgiya, Yevropa ittifoqi, Italiya hamda Avstraliyada elchilik qilgan.

1979-yilgi elchixona inqirozi Vashington va Tehron o’rtasida diplomatik aloqalarning butunlay uzilishiga olib keldi. Shundan beri AQSh va Eron aloqalari iliqlashmagan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG