Eron va u bilan muzokara qilayotgan olti davlat mutasaddilariga ko’ra, Tehronning yadro dasturi bilan bog’liq kelishmovchilikni hal qilish tomon jiddiy qadamlar tashlanmoqda.
Avstriyada kechgan uch kunlik muzokara tafsilotlari ma’lum emas. Bir natija shuki, kelasi uchrashuvlar sanasi belgilab olindi.
Yevropa Ittifoqining tashqi aloqalar uchun mas’ul rasmiysi Ketrin Eshton muloqotdan mamnun.
“Eronning yadroviy dasturi bo’yicha yakuniy kelishuvga erishish uchun kun tartibiga qo’yiladigan barcha masalalarni belgilab oldik. Jarayon oson bo’lmaydi, lekin boshlanishi yomon emas”, - deydi rasmiy.
Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif bilan o’tkazilgan matbuot anjumanida muzokarachilar jurnalistlar savollariga javob bermadi.
“Uchrashuvlar ijobiy ruhda o’tdi”, deydi Zarif, “lekin xorijiy davlatlar bizga o’z irodasini o’tkaza oladi deb o’ylamasin”.
Eron ko’plab boshqa hukumatlar kabi yadro dasturini olib borishga o’zini to’la haqli deb biladi. AQSh, Britaniya, Xitoy, Fransiya, Rossiya va Germaniya ishtirok etayotgan muzokaralarda Tehronning bosh maqsadi xalqaro sanksiyalardan qutulishdir.
“Biz yadroviy programmadan va uni rivojlantirish huquqidan voz kechmaymiz. Atom inshootlarimizni yopish niyatimiz ham yo’q”, - deya bayon qildi Eron tashqi ishlar vaziri.
G’arb, o’z navbatida, islomiy respublikadan yadro quroli ishlab chiqarmaysiz deb kafolat olmoqchi. Olti oylik dastlabki bitim shartlariga ko’ra, Eron uran boyitishda davom etishi mumkin, biroq yuqori darajada emas. Uranni boyitib beruvchi mashinalar, ya’ni sentrifugalarni ko’paytirish ham taqiqlangan.
Buning evaziga neft savdosidan tushgan daromadning bir qismi, bir necha milliard dollarni G’arb Eronga qaytarishga rozi.
AQSh davlat kotibining siyosiy masalalar bo’yicha muovini Vendi Shermanning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, tomonlar ayrim masalalarda til topisha olishi hozirdan ayon, lekin shunday masalalar ham borki uzoq tortishishga to’g’ri keladi.
“Kompromissga erishish uchun barcha tomonlar birdek qattiq harakat qilayapti”, deya qo’shadi diplomat.
Eron va olti davlat diplomatlari 17-mart kuni Venada muzokarani davom ettiradi.