Oq uyning ma’lum qilishicha, prezident Obama joriy oy Nyu-Yorkka safar qilayotgan Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan uchrasha olmaydi. Netanyaxu boshqa davlatlar rahbarlari kabi BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida ishtirok etish uchun kelmoqda.
Oq uy bayonotiga ko’ra, Isroil Tashqi ishlar vazirligidan Obama bilan Vashingtonda uchrashuv so’ralmagan. Ammo ikki rahbar kecha telefon orqali Eron yadro dasturi xususida gaplashgan.
Netanyaxu BMTdagi chiqishida dasturni keskin tanqid qilishi kutilmoqda. Isroil bosh vazirining bugun muxbirlarga aytishicha, u Obama ma’muriyatining Eronga dasturga chek qo’yishga muhlat belgilashdan bosh tortayotganidan norozi.
"Butun jahon bizga “kuting, vaqt bor hali” deyapti. Nimani kutishimiz kerak? Qachongacha? Eronga qattiq talab qo’yishdan o’zini olib qochayotgan davlatlarning Isroilga bunday deyishiga haqqi yo’q", - deydi Netanyaxu.
Isroil nazarida Eron atom qurolini qo’lga kiritsa, unga hujum qilishi mumkin. Yahudiy davlat islomiy respublika yadro inshootlariga hujum ehtimolini hisobdan chiqarmayapti.
Obama ma’muriyati esa avval barcha diplomatik harakatlarni va iqtisodiy sanskiyalarni ishga solish kerak, deb keladi.
BMT Bosh Assambleyasining navbatdagi sessiyasi 18-sentabrda boshlanadi. Unda prezident Obama ham ma’ruza qilishi kutilmoqda.