Breaking News

Eron 20-iyulgacha atom dasturini asoslab berishi kerak


Venada o'tgan muzokaradan
Venada o'tgan muzokaradan

Eron yadro dasturi bo’yicha so’nggi kelishuvga erishish uchun belgilangan muhlat – 20-iyul yaqinlashar ekan, AQSh Tehronni dasturdan maqsad tinchlik ekanini namoyish etishga chaqirmoqda. Venada o’tgan muloqotning 6-bosqichida Eron va dunyo hamjamiyati vakillari shu haqda fikr almashdi.

Eron bilan muzokaralar, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:42 0:00
Yuklab oling

Iroq inqirozi kunning asosiy mavzusiga aylanganiga qaramay, AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Yevropadagi uchrashuvda Eron masalasiga ham e’tibor qaratdi.

Eron yadro qurolini yaratish niyatida emasligini isbotlashi uchun berilgan vaqt nihoyasiga yetmoqda, dedi Kerri.

Davlat departamenti so’zlovchisi Mari Xarf:

“Biz mantiqli, tasdiqlash va amalga oshirish mumkin bo’lgan choralar ko’rilishini so’rayapmiz. Ammo eronliklar qanday qarorga kelishini hali bilmaymiz. Bu ularning xohishiga bog’liq. Shunga qarab ish qilamiz”, - deydi rasmiy.

Eron va dunyoning boshqa yetakchi davlatlari muzokaralarning navbatdagi bosqichini boshlar ekan, Milliy xavfsizlik bo’yicha AQSh maslahatchisi o’rinbosari Ben Roudz ijobiy o’zgarishlar borligini ta’kidladi.

“Eron zimmasidagi majburiyatlarini bajarib, 20 foiz boyitilgan uran zaxiralaridan voz kechishi hamda yangi sentrifugalar o’rnatmasligi oshkoralik bo’lishini ta’minlaydi”, - deydi u.

Ammo Eron maqsadi tinchlik ekaniga ishontirish uchun barcha lozim choralarni ko’rmadi, deydi Roudz.

Kelishmovchilik nimada ekani haqida rasmiylar ma’lumot bermayapti. Yaqin Sharq siyosati bo’yicha Vashington instituti ijrochi direktori Maykl Singxning aytishicha, Eron tinch maqsadlarda energiya olish manbasi sifatida bir necha ming sentrifugani saqlab qolishni istayapti.

“Eron infratuzilmaning ko’p qismini saqlab qolishni xohlayapti. Ulardan yadro qurolini yaratish maqsadida foydalanish mumkin. Biz Eronga, agar shartlarimizga ko’nmasa, muzokarani tark etib, qo’shimcha jazo choralarini qo’llashga tayyor ekanimizni ko’rsatishimiz kerak. Balki shunda muammo hal bo’lar”, - deydi u.

Qo’shni Iroqda vaziyatning yomonlashuvi va sunniy jangarilarning kuchayib borayotgani Eronning qaror berishini tezlashtirishi mumkin.

O’tgan oy Eron bilan bo’lib o’tgan yado muzokaralarida Iroq masalasi ham ko’tarilgan, ammo AQSh rasmiylari har ikki masalaning alohida ko’rilishini istaydi.

“AQShning qarashi shundayki, Eron yadro muzokaralarida Iroq masalasidan o’z manfaati yo’lida foydalanishi mumkin”, - deydi Singhx

20-iyulgacha so’nggi kelishuv matni tayyorlanishi kerak. Eron bu muhlatning uzaytirilishiga rozi ekanini bildirgan, ammo barcha tomonlar bu masalada yakdil qarorga kelmaguncha, AQSh muloqotning yana cho’zilishini istamayapti.

Eron uchun berilgan muddat yaqinlashmoqda - Iran nuclear deadline
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:50 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG