Breaking News

AQSh va Eron kurash maydonida eng yaqin ittifoqchilar


30 yil oldin diplomatik aloqani uzgan Qo’shma Shtatlar va Eron biror masalada kelishmaydi. Lekin 2020-yilgi Olimpiya o’yinlaridan kurash chiqarib tashlangani har ikki davlat sportchilarini g’azabga keltirdi va hamkorlik uchun yo’l ochdi.
AQSh, Eron kurash maydonida/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:52 0:00
Yuklab oling

Tehronda kurash bo’yicha jahon chempionati… AQSh va Eron bellashmoqda.

Lekin raqiblar biladiki, gap faqat g’alaba qilishda emas. Ikki davlat kurash uyushmalari yagona maqsad sari harakat qilishi kerak.

Xo’sh, g’animlar nega bir-biriga qo’l uzatyapti deysizmi? Chunki Xalqaro Olimpiya qo’mitasi 26 sport turini qayta ko’rib chiqib, 2020-yildan e’tiboran kurashni musobaqalar ro’yxatidan chiqarishni tavsiya etmoqda.

Bunday qarordan xalqaro maydonda o’z polvonlari bilan faxrlanadigan Eron ham, AQSh ham taajjubda.

Yaqinda Tehronga borgan amerikalik kurashchilar jamoasi rahbari Mitch Xall deydiki, muammoni hal qilishning oson bir yo’li borligi ayon. U ham bo’lsa hamkorlik.

“To’g’ri, siyosat bobida Amerika na Eron va na Rossiya bilan til topishadi. Lekin kurash haqida gap ketganda bir-birimizni so’zsiz tushunamiz. Sportning kurash turida Eron bizning eng yaqin ittifoqchimiz”, - deydi u.

Ikki davlat sport mutasaddilari birgalikda harakat qilib, Xalqaro Olimpiya qo’mitasidan o’z qarorini bekor qilishni so’ramoqda. Kurash 2020-yilgi yozgi o’yinlar ro’yxatidan qayta joy oladi, degan umid bor.

“Siyosiy sahnada nimalar bo’layotganidan qat’i nazar, Eron kurash federatsiyasi, sport ustalari, qolaversa, Eron xalqi bilan fikrimiz bir joydan chiqayotganini dunyo ommasi ko’rib turibdi”, - deydi Mitch Xall.

AQSh va Eron sevimli sport turini asrab qolishda birga harakat qilayapti.

AQSh va Eron kurash maydonida birga/US Iran Wrestling
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:50 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG