Breaking News

Amerika Iroqdan jangovar kuchlarini olib chiqmoqda


Bugun Iroqni AQShning oxirgi yirik jangovar batalyoni tark etdi. Shu bilan mamlakatda 50 mingga yaqin amerikalik askar qoldi.

Yana bir qancha harbiy 31 avgustdan keyin, AQSh xavfsizlikni ta’minlashni mahalliy armiya zimmasiga topshirgach, chiqib ketadi.

Amerika hukumati nazarida ish rejadagidek kechmoqda. Prezident Barak Obama sentabrga borib, Iroq xalqini Iroq qurolli kuchlari himoya qiladi degan.

Prezident oxirgi yirik harbiy qism chiqib, jangovar harakatlar nihoyasiga yetgani haqida biror bayonot bermagan.

Lekin Obama “Iroqni o’z holiga tashlab qo’ymaymiz” deb keladi.

“AQSh Iroqni qayta tiklash, taraqqiy ettirish, davlatchilikni mustahkamlash va demokratiya yo’lida yordamni ayamaydi”, - deydi Obama.

Amerikaning eng yirik elchixonasi ham Bag’dodda bo’ladi. Barcha viloyatlarda vakolatxonalar ishlaydi. Yuzlab dasturlar, loyihalar ishga solinmoqda.

Iroqda qolayotgan 50 mingga yaqin askar mahalliy harbiylar malakasini oshirish va terrorga qarshi operatsiyalar bilasn mashg’ul bo’ladi. Shuningdek, diplomatik va xalqaro idoralar hamda ularning xodimlari xavfsizligini ta’minlaydi.

AQSh Iroqqa 2003 yilning martida bostirib kirganidan beri qariyb 4200 askarini yo’qotdi. 30 mingga yaqin harbiy jarohatlandi.

Iroqning turli burchaklarida portlashlar, jangari xurujlari davom etmoqda. Yangi hukumat tuzish katta mashmashaga aylangan. Siyosiy birdamlik yo’q. Lekin Vashington ta’biricha, Iroq endi belni mahkam qilishi, o’z kelajagini o’zi belgilay olishi kerak. Amerika yordamga hozir, lekin Iroq xalqi taqdiri uning o’z qo’lida, deydi Obama.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG