Breaking News

AQSh Bag'dodni har bir fuqaro manfaatlarini hisobga olishga chaqirmoqda


Iroq zobitlari, Bag'dod, 17-iyun, 2014-yil
Iroq zobitlari, Bag'dod, 17-iyun, 2014-yil
Iroqda sunniy jangarilar shia hukumatga qarshi bosh ko’tarib, bir necha shaharni ishg’ol qilgach, BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Iroq bosh vaziri Nuri al-Malikiyni turli siyosiy kuchlar bilan muloqot qilib, hukumatda ularning ham manfaatlarini hisobga olishga chaqirdi.

“Iroq va Shom islomiy davlati” guruhi poytaxt Bag’dod tomon yurish qilishini aytmoqda.

Qo’shma Shtatlar jangarilarga qarshi kurashda Iroq hukumatiga qurol va’da qilgan, ammo qo’shin yubormoqchi emas. Prezident Obama Ba’goddagi AQSh elchixonasi va xodimlarini himoya qilish uchun 275 harbiyni safarbar qilgan.

AQShning bir necha harbiy kemasi hozir Fors ko’rfazida.

"Zarurat tug’ilsa, kemadan jangarilarga qarshi havo hujumi uyushtirilishi mumkin", - dedi Obama.

Qo’shma Shtatlar bu borada Eron bilan hamkorlik ehtimolini o’rganmoqda. Biroq, deya bildiradi Pentagon, gap harbiy sheriklik haqida ketayotgani yo’q.

Davlat departamenti rasmiylaridan birining aytishicha, kecha AQSh va Eron diplomatlari Venadagi yadro dasturiga doir muloqotdan tashqari Iroqdagi vaziyat haqida ham gaplashgan.

Qo’shma Shtatlar nazarida Iroq hukumati sunniy, shia, kurdlar muammolariga birday qarab, ularni mazhablarga ajratmasligi kerak.

Sunniylarning shikoyat qilishicha, shia hukumat ularning dardiga quloq solmay qo’ygan.

Kecha jangarilar Baqubada qamoqxonaga hujum qilib, 44 kishini o’ldirgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG