Breaking News

AQShning 450 askari Iroqning Taqaddum harbiy bazasiga yo'l oladi


Bag'dodda xizmat qilayotgan amerikalik askarlar. 27-may, 2015-yil.
Bag'dodda xizmat qilayotgan amerikalik askarlar. 27-may, 2015-yil.

Qo'shma Shtatlar kelasi bir-bir yarim oyda Iroqda "Islomiy davlat" to'dasiga qarshi kurashning yangi bosqichi ijrosiga kirishadi.

Oq uy Iroqda mahalliy qo'shinlarga yordam tariqasida qo'shimcha 450 askar jo'natmoqchi.

Oq uy matbuot kotibi Josh Ernestning aytishicha, Obama ma'muriyati nazarida hozircha 450 askar yuborish yetarli - ular Taqaddim harbiy havo bazasida mahalliy qo'shinlarga maslahat berib, ularni mashqdan o'tkazadi.

Qo'shma Shtatlar bu orada o'z strategiyasini isloh qilishda davom etadi, deydi u.

Taqaddum bazasi Ramadi va Falluja shaharlari orasida joylashgan. Ikki shahar "Islomiy davlat" guruhining nazoratida.

Hozirning o'zida Iroqda Amerikaning 3100 askari xizmat qilayapti. Ularning vazifasi faqat tayyorlov va mashqdan o'tkazish - harbiy amaliyotlarda qatnashayotgani yo'q.

Iroq Bosh vaziri Haydar al-Abadiy avvalroq AQShdan ko'proq qo'shin so'ragan edi.

Prezident Obamaning aytishicha, Iroq armiyasini mashqdan o'tkazish va qurollantirish jarayonini tezlatish kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG