Breaking News

Janubiy Koreya rahbari: Pxenyanning provokatsiyasi ish bermaydi


AQShga safar qilayotgan Janubiy Koreya prezidenti Pak Gin Xe bugun Kongressga murojaat qildi.

Yirik delegatsiya bilan kelgan rahbar asosan Shimoliy Koreya haqida gaplashmoqda.

Pak xonimning aytishicha, prezident Obamaning yadro qurolidan xoli dunyo haqidagi tashabbusi Koreya yarimorolidan boshlanishi kerak. Toki Janubiy Koreya ortiq Shimoliy Koreyaning hujumidan qo'rqib yashamasin.

Pak Gin Xe kecha Oq uyda AQSh rahbari Barak Obama bilan uchrashib, ittifoqchi ikki davlat Pxenyanning tinimsiz tahdidlariga jim qarab turmasligi kerak, degan.

Shimoliy Koreyaning agressiv harakatlari xalqaro meyorlarga ziddir, deydi Pak xonim.

Obamaning aytishicha, Qo’shma Shtatlar Shimoliy Koreya bilan kelishmovchilikni tinch yo’l bilan hal qilishga tayyor, ammo Pxenyanning tahdidlari orani buzayapti, xolos.

Bu tashrif oxirgi paytlarda do’q-po’pisaga zo’r bergan Shimoliy Koreyaga ishora sifatida ko’rilayapti.

Amerika Janubiy Koreya mudofaasiga sodiq qoladi, deydi Oq uy rasmiylari.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG