AQShda qonuniy maqomi bo’lmagan va shu bois deportatsiya qilinishi kutilayotgan bolalar soni oshib bormoqda. Ayrimlari Markaziy Amerika davlatlaridan va asosdan Meksika bilan chegarada qo’lga tushgan. Qolganlari Yevropa va Afrikadan, AQShga turist sifatida kelgan va viza muddati tugaganidan keyin mamlakatda qolgan. Nyu-Yorkdagi bir tashkilot deportatsiya qilinishi kutilayotgan bolalarni bepul advokat bilan ta’minlab, sudda ularning huquqlarini himoya qiladi.
Immigratsion sudlarda bolalarni bepul advokat bilan ta’minlaydigan “Safe Passage” nomli tashkilot xayriyadan tushgan mablag’ asosida ishlaydi.
Lenni Benson - tashkilot asoschisi.
“O’tgan oyda uch yoshli bolani deportatsiya qilish masalasi sudda ko’rildi. Bir tarafda prokuror, boshqa tarafda sudya, ayblanuvchi esa bola, tarjimon va buvisi bilan. Agar bizning tashkilot advokati u yerda bo’lmaganida, uch yoshli bolani hech kim himoya qilmasdi. Buviga sud ishini tushunishda yordam bermasdi”.
Lenni Benson - Nyu-York yuridik instituti professori. Immigratsiya sudi unga begona joy emas. Mutaxassis migrant bolalar uchun ko’ngilli advokat topib beradi.
“Biz yordamlashadigan yoshlarning aksariyati vataniga qaytishni istamaydi. Buning jiddiy sabablari bor: kambag’allik, shuningdek, xavf,” - deydi u.
AQSh immigratsiya sudi bu bolalarni maxsus himoya bilan ta’minlasa-da, ular uchun advokat ajratmaydi, deydi Benson.
Isik Basirir Amerikaga Turkiyadan 15 yoshligida kelgan. “Safe Passage” tashkilotini qidirib zo’rg’a topgan.
“Opam “green card” olganidan 1-2 yil o’tib men ham bu yerga kelganman. Lekin opam hali AQSh fuqarosi emasligi sababli men uchun homiy bo’lolmasdi. Biz xususiy advokatlarga murojaat qildik. Lekin ularning bari “yo’q, buning iloji yo’q”, dedi”.
“Bu yerda hayot zo’r. Maza qilib futbol o’ynaymiz,” - deydi 16 yoshli Usmon Barri.
U Gvineyadan sakkiz yoshligida kelgan. Ota-onasi olamdan o’tgan, amakisi bilan yashaydi. “Safe Passage” tashkiloti yordamida AQShda qoldi.
“Bu juda muhim, chunki endi xorijga safar qilib, yana qaytib kela olaman. Vatanimga ham safar qilishim mumkin. Istasam boraman, qaytib olaman”.
Barri omadi chopganlardan. Lekin unga o’xshaganlar ko’p emas. “Safe Passage” va u singari tashkilotlarning imkoniyatlari cheklangan. Noqonuniy immigrant bolalarning esa soni oshib bormoqda. Har yili o’nlab ming o’smir va go’dak AQSh-Meksika chegarasida qo’lga tushadi. Bu yilning o’zida kamida 60 ming deya taxmin qilinmoqda.