Breaking News

Liviya “Islomiy davlat”ga qarshi kurashda yordam so’rayapti


"Islomiy davlat" ga qarshi kurash - Liviya yordam so'rayapti
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:00 0:00

Liviyaning xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan hukumati arab mamlakatlarni “Islomiy davlat” guruhiga qarshi kurashga chorlamoqda.

Xalqaro koalitsiya Suriya va Iroqni bombardimon qilayotgan bir paytda, jangarilar Liviyaning Sirta shahrini bosib olgan va raqib guruhlar bilan olishmoqda.

Arab Ligasi majlis o’tkazib, Liviyaga harbiy yordam berish taklifini qo’llab-quvvatladi. Biroq hozircha bayonotdan nariga o’tilgani yo’q.

“Islomiy davlat” hujumlari ostida qolgan Liviya ikkiga bo’lingan. Sharqiy hududlarni saylangan hukumat boshqaradi. Islomiy jangarilar yoqlaydigan yana bir hukumat esa Tripolida joylashgan.

AQShga ko’ra, terrorizmga qarshi samarali kurash yaxlit hukumat bo’lishini talab qiladi. “BMT muzokaralari natijasini kutamiz”, - deydi rasmiylar.

Biroq muzokara ish berishiga ishonch past.

“Diplomatik sa’y-harakatlar o’z yo’liga. Lekin Liviyada xavfsizlik ta’minlanmasa, foyda bo’lmaydi”, - deydi tahlilchi Brayan Katulis.

AQSh va Misr samolyotlari o’tmishda Liviyadadagi jangari manzillarini havodan bombardimon qilgan.

Ammo Vashingtonda kengroq strategiya bilan chiqish istagi yo’q, deydi suhbatdosh.

“Yaqin Sharqdagi mojarolarga AQSh harbiy jihatdan bevosita aralashishni istamaydi. Buni tushunish mumkin. Iroq va boshqa joylardagi achchiq tajriba bunga sabab”, - deydi Katulis.

Liviyaning parokanda hukumati bilan ishlash qiyinligi ham AQSh qarorlariga ta’sir etayotgan bo’lsa ajab emas.

“Liviyaning xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan hukumatiga harbiy yordam ko’rsatilsa, mana qarang, AQSh betaraf emas degan gap tarqaladi”, - deydi olima Sara Feyer.

Iroq va Suriyada “Islomiy davlat” bilan bir yildan buyon kurash ketmoqda. Amerika uchun muammolar yetarli, deydi ekspert.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG