Breaking News

Liviyada birlashgan hukumat tuziladi


Qarorgohi Tripoli va Tobrukda joylashgan ikki muxolif hukumat vakillari siyosiy murosaga erishish haqidagi bitimga imzo chekmoqda, Tunis, 6-dekabr, 2015-yil.
Qarorgohi Tripoli va Tobrukda joylashgan ikki muxolif hukumat vakillari siyosiy murosaga erishish haqidagi bitimga imzo chekmoqda, Tunis, 6-dekabr, 2015-yil.

17 davlat vakillari Italiyada uchrashib, Liviyada tinchlik o'rnatish rejasini ma'qullagan. Muammar Qaddafiy hokimiyatdan olib tashlanganidan so'ng mamlakatda bir-biridan mustaqil ikki hukumat shakllangan edi.

Xalqaro hamjamiyat tan oladigan hukumat Tobruk shahrida joylashgan. Islomiy hukumat esa Tripoli shahrida ish yuritadi.

BMT qo'llab-quvvatlagan reja bo'yicha, har ikki tomon birlashgan hukumat tuzishga kelishib olgan.

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Liviya kelajagi uchun bu muhim ekanini ta'kidladi.

"Liviyada hozirgi holatning davom etishiga yo'l qo'ya olmaymiz. Bu Liviya uchun, liviyaliklar uchun xavfli. Chunki IShID bu yerga suqilib kirishga urinyapti. Bu esa hamma uchun xatarli", - dedi AQSh rasmiysi.

Liviyaning ikki muxolif hukumati chorshanba kuni Marokashda so'nggi bitimni imzolashi kutilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG