Breaking News

AQSh Liviyada "Islomiy davlat"ga qarshi havo zarbalarini amalga oshirdi


Sirte shahri, Liviya
Sirte shahri, Liviya

AQSh Liviyada qo'shma hukumat iltimosi bilan "Islomiy davlat" jangarilari manzillariga qarata havodan zarbalar berganini ma'lum qildi. Hujumlar Sirte shahri tevaragida amalga oshirilgan. Bu yer bir yildan beri jangarilar nazoratida qolayotgan edi.

Liviya prezidentlik kengashi rahbari Fayoz Serrajning aytishicha, AQSh havo hujumlari faqat Sirte shahri tevaragi bilan cheklanadi va hududga xalqaro koalitsiya askarlari kiritilmaydi.

Oq uy so'zlovchisi Erik Shultz ham buni tasdiqladi. Liviyadagi amaliyotlarda AQShning ishtiroki faqat havo zarbalari va axborot almashishdan iborat bo'ladi, dedi u. Unga ko'ra, Prezident Obama "Islomiy davlat" kabi terror guruhlari bunday joylarda kuch to'plab, AQSh va uning ittifoqchilariga zarar yetkazishni istashiga yo'l qo'yilmasligini aniq qilib ta'kidlagan.

Rasmiyning qo'shimcha qilishicha, Liviyadagi hujumlar shu maqsad doirasida amalga oshirilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG