Breaking News

AQSh va NATO Karzaydan xavfsizlik bitimini imzolashni so'ramoqda


AQSh davlat kotibi Jon Kerri (o'ngda), Rossiya tashqi ishlar vaziri sergey Lavrov (o'rtada) va NATO bosh kotibi Anders Fog Rasmussen (chapda) Bryusselda NATO ga a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari sammitidai, 4-dekabr, 2013-yil
AQSh davlat kotibi Jon Kerri (o'ngda), Rossiya tashqi ishlar vaziri sergey Lavrov (o'rtada) va NATO bosh kotibi Anders Fog Rasmussen (chapda) Bryusselda NATO ga a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari sammitidai, 4-dekabr, 2013-yil
AQSh va NATO rasmiylari Afg’oniston hukumatini 2014-yildan so’ng mamlakatda bir necha ming xorijiy qo’shinni qoldirishga chaqirmoqda, aks holda, deydi ular, Kobul unga berilayotgan iqtisodiy yordamdan ayrilishi mumkin.

Mamlakatda qolishi rejalanayotgan harbiylar afg’on xavfsizlik kuchlari tayyorgarligi bilan shug’ullanishda davom etib, maslahatlar bilan yordam beradi. Afg’oniston prezidenti Hamid Karzay AQSh bilan xavfsizlik bitimini imzolashdan hozircha bosh tortib kelmoqda.

NATO ga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari majlisida qatnashgan AQSh davlat kotibi Jon Kerrining aytishicha, gap faqat Amerika-Afg’oniston munosabatlari haqida ketayotgani yo’q.

"Biz o’yin o’ynayotganimiz yo’q. Bu jiddiy masala. 50 dan ziyod mamlakatlar NATO orqali Afg’onistonga yordam bermoqda. Har birining o’z byudjet davri, uni rejalash talablari, askarlarini xizmatga yo’llash qoidalari bor. Bularning barchasini sinchkovlik bilan rejalamasa bo’lmaydi", - dedi Kerri.

Uning aytishicha, Afg’oniston oqsoqollar kengashi prezidentga bitimni imzolashni tavsiya qilgan.

Hujjat shu yil oxirigacha imzolanmasa, AQSh Afg’onistonga doir kelajak rejalarini tuzolmay, barcha qo’shinlarini olib chiqishga majbur bo’ladi, deydi AQSh rasmiylari.

NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussen agar Karzay bitimni imzolamasa, afg’on xavfsizlik kuchlari uchun ajratilayotgan moddiy yordam to’xtatilishi mumkin, deya ogohlantirmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG