Breaking News

AQSh Sharqiy Yevropa mudofaasi uchun 3,4 milliard dollar va'da qildi


Bryusselda mudofaa vazirlarining ikki kunlik anjumanidan keyin jurnalistlar bilan uchrashgan Karterning aytishicha, bu avval ajratilgan moliyadan to'rt marotaba ko'p
Bryusselda mudofaa vazirlarining ikki kunlik anjumanidan keyin jurnalistlar bilan uchrashgan Karterning aytishicha, bu avval ajratilgan moliyadan to'rt marotaba ko'p

Amerika Mudofaa vaziri Eshton Karterning aytishicha, harbiy byudjetdan NATOga 3,4 milliard dollar ajratiladi.

Bryusselda mudofaa vazirlarining ikki kunlik anjumanidan keyin jurnalistlar bilan uchrashgan Karterning aytishicha, bu avval ajratilgan moliyadan to'rt marotaba ko'p. Pul Sharqiy Yevropadagi ittifoqchilarni Rossiya agressiyasidan himoya qilishga qaratilgan.

"Ittifoqchi mamlakatlar bilan ko'proq harbiy mashqlar va treninglar o'tkazishga, qurol-aslaha, qo'shimcha harbiy yordam kabilarni ta'minlashga sarflanadi bu moliya", - deydi Karter.

Pentagon rahbari Germaniya, Turkiya va Gretsiyani O'rta dengizda muhojirlar tanazzuliga birgalikda yechim topish tashabbusi bilan chiqqani uchun olqishladi. Rejaga ko'ra, NATO habriy dengiz floti muhojirlar oqimini jilovlashda yordam beradi.

Yil sarhisobi: Putin nega G'arb bilan ziddiyatga kirishmoqda?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:24 0:00

AQSh-Rossiya: munosabatlar tobora tarang
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:33 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG