Qo’shma Shtatlarga yashovchi millionlab noqonuniy immigrantlar orasida bu yerga yoshligida kelgan va amerikalik bolalardan hech farq qilmay katta bo’lganlari ko’p. Biroq qonuniy maqomini tasdiqlovchi qog’ozi yo’q ekan, bu yigit-qizlar oliy oquv yurtlariga kirish uchun davlat grantlarini ololmaydi. Nyu-York shtatida talabalar hamda ayrim siyosatchilar vaziyatni o’zgartirishga bel bog’lagan.
Nyu-York shahridagi Liman kolleji talabalari norozilik tariqasida o’quv formasini kiyib, shtat assambleyasi spikeri idorasi oldida namoyish uyushtirdi.
Namoyish noqonuniy deb topilib, yigit-qizlar darhol tarqatildi. Ular - Nyu-Yorkda Orzu (DREAM) qonuni qabul qilinishi tarafdori. Taklif etilayotgan qonun qabul qilinsa, AQShda qonuniy maqomga ega bo’lmagan talabalarda o’qish uchun davlat kreditlarini olish imkoni paydo bo’ladi.
Nyu-York shtati poytaxti Olbani shahriga ketayotgan avtobusdamiz. Kolumbiyalik Melissa Garsia vatanidagi og’ir iqtisodiy ahvol sabab onasi 11 yil avval Qo’shma Shtatlarga kelganini aytadi.
“Yoshlar orasida qonuniy maqomga ega bo’lmaganlar juda ko’p. Ba’zilari bu yerga kelganida olti oylik chaqaloq bo’lgan. Ularni ota-onasi olib kelgan. Demak, ular tug’ilgan joyiga qaytolmaydi. Ona tilini bilmaydi, mamlakatini bilmaydi. Ularning vatani endi Q’oshma Shtatlar”.
“Odamlar kimligini bilgisi keladi…”
Qonun loyihasini yozgan senator Bill Perkinsning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, hujjat qabul qilinsa, bu talabalarga fuqarolikka kirish huquqini beradigan federal qonun ham qabul qilinishi mumkin.
“Uririshlarimizdagi ijobiy natija hozirgi harakatlar qo’llab-quvvatlanganini anglatadi. Mamlakat bo’ylab o’xshash qonun qabul qilish kerakligi uchun kurash kuchayadi. Senat, hukumat, kongress va prezident ham federal miqyosda shunday qonun vaqti kelganini tushunadi,” - deydi senator.
Hozirda kollejni bitirganlar yiliga deyarli 4 ming dollar qo’chimsha soliq to’lashga majbur.
Yangi qonunga qarshi chiqayotgan taraf – Nyu-York shtat senati. Aksariyat o’rinlar respublikachilarda. Ular noqonuniy immigrantlarga nisbatan keskinroq siyosat tarafdori.
Hozirgacha uchta shtat – Texas, Kaliforniya va Nyu-Meksikoda noqonuniy immigrant talabalar kollejda o’qish uchun davlatdan moliyaviy yordam olishga haqli. Yangi qonun qabul qilinsa, Nyu-York to’rtinchi shunday shtat bo’ladi.