Breaking News

Shimoliy Koreya generali Nyu-Yorkda Pompeo bilan uchrashdi


Nyu-Yorkda AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo va Shimoliy Koreya rahbarining o'ng qo'li Kim Yon Chol o'rtasida o'tgan uchrashuv bugun 31-may kuni ham davom etadi. Singapurda ikki mamlakat prezidentlarining tarixiy sammiti o'tish-o'tmasligi muhokamada.

Xitoydan uchib kelgan general Chol o'tgan 20 yilda Shimoliy Koreyaning Amerikaga qadam qo'ygan eng yuqori lavozimdagi rasmiysidir. U Markaziy Qo'mita raisi o'rinbosari, o'tmishda esa razvedka idorasini boshqargan.

Pompeo va Chol bundan oldin Pxenyanda ikki bor ko'rishgan edi.

Prezident Donald Tramp va Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Un o'rtasida uchrashuv 12-iyunga belgilangan, ammo Tramp Pxenyan "dushmanona" bayonotlar qilganlikda ayblab uni bekor qilgan edi. Sammit o'tishini har ikki tomon istaydi, deydi rasmiylar. Koreya delegatsiyasi 1-iyun kuni Vashingtonga keladi.

Mayk Pompeo va Kim Yon Chol Nyu-Yorkda BMT qarorgohi yaqinidagi joyda birga tushlik qilgan. Prezidentlar sammiti, deydi Pompeo, Shimoliy Koreyaga "xavfsizlik va iqtisodiy farovonlikka erishish uchun ajoyib imkoniyat".

Shimoliy Koreya generali Kim Yon Chol va AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo (chapda). Nyu-Yokda tushlik (o'ngda)
Shimoliy Koreya generali Kim Yon Chol va AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo (chapda). Nyu-Yokda tushlik (o'ngda)

Vashingtonning bosh maqsadi - Koreya yarim orolini yadro qurollaridan butunlay tozalash. Ammo Qo'shma Shtatlar Janubiy Koreyadagi harbiy bazasini yopmaydi.

Pxenyan qurolsizlanish jarayonini Liviya tajribasiga qiyoslagan AQSh rasmiylari keskin tanqid qilib kelmoqda. Ma'lumki, Liviya rahbari Muammar Qaddafiy yadro dasturidan voz kechganidan so'ng G'arb tomonidan quvvatlangan isyonchilar uni tutib o'ldirgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG