Breaking News

Obama prezident sifatida so'nggi bor Osiyoga safar qilmoqda


Prezident Barak Obama bugun Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga 10 kunlik safarga otlanmoqda. Xitoyda Katta Yigirmalik majlisida qatnashadi, so’ng Laosga yo’l oladi.

AQSh tashqi siyosatida Osiyo ustuvor yo’nalish deb belgilangan bo’lsa-da, kuzatuvchilar fikricha, bu reja amalga oshganicha yo’q.

Bu Obamaning Osiyoga o’n birinchi va oxirgi safari. AQSh bu regionda yetakchi maqomiga ega bo’lishi Trans-Tinch okeani hamkorligi shartnomasiga bog’liq. 12 davlat imzolagan bu savdo kelishuvi Kongressda ovozdan o’tmayapti.

“Amerikani dunyodan uzib qo’ya olmaymiz”, - deydi prezident.

Ammo Oq uyga da’vo qilayotgan Donald Tramp ham, Obamaning partiyadoshi Hillari Klinton ham kelishuvga qarshi.

“Hujjat kuchga kirmasidan oldin uni bekor qilamiz”, - deydi Tramp.

“Hozir qarshiman, prezident bo’lsam ham shu pozitsiyada qolaman”, - deydi Klinton.

Diplomatik va xavfsizlik sohalarida yutuqlar bor, savdo kelishuvisiz ish bitmaydi. Ittifoqchilar AQShga ishonmay qo’yadi.

“Ular Xitoy bilan yaqinroq hamkorlik qilishga majbur bo’ladi”, - deydi tahlilchi Duglas Pal.

Laosda o’tadigan ASEAN sammitida Obama erkin savdo zonalari yaratish qarorida qat’iymiz, deb ishontiradi.

Xitoyda Katta Yigirmalik yig’inida AQSh rahbari Prezident Si Zinpin bilan uchrashib, nozik mavzularni muhokama qiladi, jumladan, Janubiy Xitoy dengizidagi nizolar va kiberxavfsizlik.

“Obama Xitoy rahbariga Amerika pozitsiyasini aniq tushuntirishi kerak”, - deydi suhbatdosh.

Katta Yigirmalik sammitida global iqtisodiy o’sish hamda iqlim o’zgarishi bilan bog’liq muammolar ham muhokama qilinadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG