Breaking News

2014-yil Obama tashqi siyosati uchun sinov davri bo'ldi


2014-yil prezident Barak Obama tashqi siyosat bobida haqiqiy sinov davri bo'ldi desak xato bo'lmaydi. Ukraina mojarosi, "Islomiy davlat" ga qarshi kurash, Ebola epidemiyasi, Afg'oniston va yana boshqa ko'plab, oxiri ko'rinmayotgan masalalar.

2014-yil Obama prezidentligi uchun haqiqiy sinov bo'ldi - Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:27 0:00

Rossiya Ukrainaga tegishli Qrimni bosib olishi Obama ma’muriyati uchun 2014-yilning birinchi kutilmagan voqeasi bo’ldi. Oq uy Kremlni ogohlantirib, bayonotlar berdi, sanksiyalar joriy etdi, biroq Ukrainaga qo’shinlar yuborishni lozim deb topmadi, chunki mojaroni muhim, biroq strategik ahamiyatga ega emas, deb baholadi.

Yil o’rtasiga borib Iroq va Suriyada mojarolar kuchayar ekan, Obama tashqi siyosatiga nisbatan tanqid ham oshib bordi.

“Odatda tashqi siyosatimizga oid tanqid harbiy kuch ishlatmaganimizga qaratiladi. Meni qiziqtirayotgan savol quyidagicha: qo’shinlarimiz va byudjetimizni qaqshatgan ko’p yillik urushlarni endi tugatganimizda nima sababdan ko’plar harbiy kuch ishlatish kerakligini ta’kidlaydi? Tanqidchilar bu bilan biz nimaga erishamiz deb o’ylarkin?” - dedi AQSh prezidenti.

“Islomiy davlat” Suriya hamda Iroqning kattagina qismida hukmronlik o’rnatdi. Obama esa guruhga qarshi kurash rejasi yo’qligini e’tirof etdi.

Bir necha hafta o’tib prezident o’z strategiyani taqdim etdi: yuzlab harbiylarni Iroqqa yuborish, Suriyani bombardimon qilish va bu bilan yillar davom etishi mumkin mojaroga bosh suqish.

Obamaning yangi urushga aralashgisi kelmagani hatto uning maslahatchilari bilan orani taranglashtirdi, deydi tahlilchi Maykl Rubin.

“Bir tarafdan qo’shinlarni xorijiy mamlakatga yubormaymiz degan siyosiy qarashlarida qat’iy turgan prezident, boshqa tarafdan uni nohaq deyayotgan harbiy mutaxassislar to’qnashdi,” - deydi u.

Iroqda “Islomiy davlat” guruhiga jiddiy zarba berilganiga qaramay u hamon katta tahdid. Suriya va Ukrainadagi muammolar hal etilmadi. Obama prezident etib saylanganida Rossiya bilan aloqalarni yangilaymiz degan edi. Biroq bugunda Kreml bilan munosabatlar sovuq urushi davridagidan ham yomonroq.

Obama tashqi siyosatining muhim yo’nalishlaridan biri - AQSh harbiy kuchlari va diplomatiyasini Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga qaratish. U yerda Xitoy ta’siri oshib bormoqda.

Tahlilchi Robert Deyli bu yo’nalishda ham muammolar bor, deydi.

“Osiyo-Tinch okeani mintaqasini ustuvor yo’nalish deb belgilaganimizdan buyon Misr, Liviya, Ukraina, Suriya, “Islomiy davlat” va ebolaga e’tibor qaratishga majbur bo’ldik. Siyosatni o’zgartira olmadik,” - deydi u.

Prezident Obamaning xalqaro sahnadagi siyosatida muvaffaqiyat va yutuqlar ham bo’ldi: G’arbiy Afrikada ebola epidemiyasiga qarshi kurashda AQSh qo’shinlarining yetakchilik qilishi. Yil oxirida esa yana bir katta o’zgarish – ana’anaviy dushman Kuba bilan aloqalarning yaxshilanishi.

“Ellik yil davomida davlatni ajratib qo’yish samara bermadi. Yangi yondashuv zarur," - dedi bu o'zgarish haqida AQSh rahbari.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG