Breaking News

Obama sog'liqqa oid qonunni himoya qilishda davom etmoqda


Prezident Obama Oq uyda sog'liqni saqlash tizimiga oid yangi qonunni himoya qilib nutq so'zladi, 21-oktabr, Vashington.
Prezident Obama Oq uyda sog'liqni saqlash tizimiga oid yangi qonunni himoya qilib nutq so'zladi, 21-oktabr, Vashington.
Barak Obama sog’liqni saqlash tizimiga oid yangi qonunni himoya qilishda davom etmoqda. Respublikachilar esa unga hanuz qarshi. Hujjatga muvofiq ishlab chiqilgan yangi sug’urta dasturi 1-yanvarda kuchga kirishidan oldin Obama ma’muriyati mavjud muammolarni bir yoqli qilishi kerak.
Obama va sog'liqni saqlash tizimiga oid yangi qonun, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:09 0:00
Yuklab oling
Prezident Obamaga ko’ra, ko’plab amerikaliklar yangi qonundan allaqachon foyda ko’rmoqda.

“Bu qonun sharofati bilan homiladorlikning oldini oladigan vositalar kabi tibbiy xizmatlar allaqachon ish beruvchilar tomonidan bepul taqdim etilmoqda. Bu qonunning bir qismi. Demak, tibbiy sug’urtaga ega bo’lsangiz, iste’molchilarni himoya qilishga qaratilgan ko’plab foydalar bor. Buni payqamasligingiz mumkin. Ammo ular allaqachon amal qilyapti va hech qayoqqa ketib qolmaydi”, - dedi AQSh rahbari.

Ko’plab amerikaliklar dasturni boshqaruvchi vebsaytda yuzaga chiqqan muammolardan xunob bo’ldi. Prezident ham bundan qattiq achchiqlanganini aytib, barcha qatori norozi bo’lganini ta’kidladi.

Yangi dastur mustaqil sotib olinadigan qimmat sug’urtalarga qaraganda ko’p afzalliklarga ega, deydi Obama.

“Bu dasturga a’zo bo’lish orqali siz katta guruhning bir qismiga aylanasiz. Xuddi katta bir kompaniyaga ishlayotgandek. Butun shtatni qamrab oluvchi dasturda xarajatlar sog’lom va xasta, yoshu qari barchaga birdek taqsimlanadi. Biz ilgari raqobat bo’lmagan joyda raqobat muhitini yaratdik. Sug’urtachilar siz bilan ishlashga qiziqish bildiryapti. Siz uchun ko’proq tanlov imkoniyatini beruvchi sug’urta turlarini taqdim etayapmiz”, - dedi prezident Obama.

Delaver shtatida yangi dasturga birinchi bo’lib qo’shilgan Jenis Beyker Oq uydagi yig’inda prezident Obamaga hamrohlik qildi.

“O’zimga yoqqan sug’urta rejasini topishga muaffaq bo’ldim. Oyiga 150 dollar iqtisod qilyapman. Tashriflar uchun beradigan to’lovim ham avvalgiga qaraganda ancha kam”, - deydi u.

Sug’urtasiz amerikaliklar 1-martgacha yangi dasturga qo’shilishi kerak. Aks holda, jarimaga tortiladi. Massachussetts shtatidan Adriana Guida ro’yxatdan o’tish jarayonining uzun va murakkab ekanidan noliydi.

“Hukumat bir ishni qilishga majburlab, aks holda jazolashi haqida aytib turgan bir paytda, qilishing lozim bo’lgan ishlarni ham bajarolmay qolasan. Men bunday ishlashga o’rganmaganman”, - deydi u.

Guidaning aytishicha, telefon orqali dasturga yozilish bir soatdan ortiq vaqtini olgan. Endi o’ziga mos qanday arzon sug’urta turlari borligini bilishi uchun kutishi kerak.

Sayt orqali ro’yxatdan o’tishda yuz bergan muammolar dasturga qarshi bo’lgan respublikachilarning shijoatini yanada oshirdi. Senator Ted Kruz qonunga qarshi kampaniyani davom ettirmoqda.

“Sizga shuni aytishim mumkinki, “Obamacare” nomli bu musibatga qarshi kurashdan chalg’imasligimiz kerak. Chunki odamlar aziyat chekyapti”, - deydi u.

Ammo prezident Obama bu harakatlar befoyda deydi. Chunki mehnatkash o’rta qatlam aholi bunday qonunga muhtoj va uni qo’llab-quvvatlaydi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG